“Dizayn” qiziqchilar jamoasi a`zolaridan biri Abdurahmon Mavlonov 18 iyun kuni otalik baxtiga erishdi. Qiziqchi egizak farzandli bo`ldi.
Bu haqdagi ma`lumot birinchi bo`lib Abdurahmon Mavlonovning Instagram`dagi sahifasida paydo bo`ldi. U sahifasiga egizaklarning suratini joylashtirib, “Ollohimga ming shukur”, deb yozib qoldirdi.
Quvonchli sana munosabati bilan hamkasblari va boshqa san`atkorlar ijtimoiy tarmoqlar orqali tabriklarini yozib qoldirmoqda.
“Darakchi.uz” jamoasi nomidan Abdurahmon Mavlonovni otalik maqomiga erishgani bilan tabriklaymiz!