Kolumbiyaning Bogota shahridagi savdo markzlaridan birida ayollar hojatxonasida bomba portladi, deb xabar berdi Interfax.ru nashri.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, kamida 3 kishi halok bo`ldi, 11 kishi yaralandi. Portlash Andino savdo markazida sodir etilgan. Portlovchi qurilma 2-qavatdagi ayollar hojatxonasida portlagan. Portlashdan keyin markazdan odamlar evakuasiya qilingan. Hukumatning xabar berishicha, 23 yoshdan 31 yoshgacha bo`lgan 3 ayol halok bo`lgan, ulardan biri Kolumbiyada volontyor bo`lib ishlagan 23 yoshli Fransiya fuqarosi bo`lgan.
Bogota meri Enrike Penyalosa tvitterda "Andino’dagi qo`rqoqlarcha amalga oshirilgan terakt menga og`riq etkazdi" deb yozgan. Kolumbiya prezidenti Manuel Santos voqeani tergov qilishni boshlashga ko`rsatma bergan. Ma`lumotlarga ko`ra, markaz avtoturargohi sapyorlar tomondan itlar yordamida tekshirib chiqilgan.
Portlash terakt sifatida tasniflandi.
11.12.2019, 18:36
Xalqaro press klubni navbatdagi sonida O`zbekiston ekologik partiyasi vakili Ulug`bek Pirmuhammedov Toshkentga kelayotgan viloyatliklarni qayd etish bo`yicha o`zining yangicha taklifini bildirdi."Fikrimizcha, fuqaro Toshkentga kelishidan oldin...11.11.2019, 18:33
Buvayda tumani "Ozod" MFYda istiqomat qiluvchi, 1955-yilda tug`ilgan Mo`minjon ota sobiq SSR pasporti bilan yurgani, e`tiborsizligi tufayli biometrik pasportni olmaginni aytib Buvayda tumani adliya bo`limi...09.11.2019, 22:05
Mamlakatimiz fuqarolari va yurtimizga kirib kelayotgan sayyohlarga O`zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan o`tish bo`yicha muayyan qonun-qoidalar to`g`risidagi targ`ibot-tashviqot ishlarini olib borilishiga qaramay ba`zi bir shaxslar tomonidan...08.11.2019, 17:27
Joriy yilning 3 noyabr kuni I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida “Istanbul-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha poytaxtimizga kelgan ana shunday bir guruh shaxslar qo`lga olindi. Bu haqda...