Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyada unga bo`layotgan munosabatlardan charchadi. Bu haqda futbolchi jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan bo`lgan suhbatda aytgan.
“Ispanida menga jinoyatchidek munosabatda bo`lishmoqda. OAVdan boshlab har bir insongacha” – dedi portugaliyalik futbolchi.
Fransiyalik mutaxassis Ronalduga qo`ng`iroq qilib, uni “Qirollik klubi”da olib qolishga uringan. Portugaliyalik qaror qabul qilib bo`lgan va uning fikrini hech kim o`zgartira olmaydi.