Долзарб мавзулар Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

​FUQAROLAR MUROJAATIGA E`TIBORSIZ QARAGAN HOKIM IShDAN KETDI

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: hokim
Добавлено: 19.06.2017, 18:54

2017 yil 16 iyun kuni Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumani hokimi Xaybulla Mamatqulov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Buning asosiy sababi X.Mamatqulov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan e`lon qilingan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”dan ko`zlangan maqsad va vazifalarning tub mohiyatini etarlicha tushunib etmasdan, tuman aholisi bilan tizimli ravishda samarali aloqa o`rnatmagan, fuqarolarning murojaatlarida ko`tarilgan masalalarga e`tiborsizlik bilan qarab kelgan hamda bu borada hokimlik tizimida ishlarni lozim darajada tashkil eta olmagan. Bu haqda «Xalq bilan muloqot» sahifasida ma`lum qilindi.

Sobiq hokim aholini qiynayotgan muammolarni chuqur o`rganish va tahlil qilish asosida ularni hal etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko`rsatish masalasida jiddiy kamchiliklarga yo`l qo`ygan. Bu borada unda talabchanlik etishmasligi, sustkashlik qilib kelgani tufayli tuman faollari va aholisi orasida X.Mamatqulov faoliyatiga nisbatan e`tirozlar ortib borgan.

Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan X.Mamatqulovga yuqorida ko`rsatib o`tilgan jiddiy kamchiliklari uchun bir necha bor intizomiy choralar ko`rilgan. Lekin u bundan tegishli xulosa chiqarmagan va hudud aholisi muammolarini hal etish yuzasidan zarur amaliy choralar ko`rmagan.

X.Mamatqulov Sho`rchi tumani hokimi sifatida 2012 yil 6 fevraldan ishlab kelayotgan edi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

15.12.2017, 10:50
15.12.2017, 10:35

SUG'DIYONA

16.12.2017, 12:09
16.12.2017, 12:08