Sevimli

Bektemir tumanida voyaga etmagan qizni g`ayritabiiy usulda zo`rlagan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 19.06.2017, 20:15
Теглар: Zo`ravon, Toshkent, Jinoyat, Qiz
Bektemir tumanida voyaga etmagan qizni g`ayritabiiy usulda zo`rlagan shaxs qo`lga olindi

Jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib g`ayritabiiy usulda qondirish holati aniqlandi.

2017 yilning 17 iyun kuni taxminan soat 12:00larda, Dilshod Raximovich Toshmuxamedov jinsiy ehtiyojini g`ayritabiiy usulda qondirish maqsadida, Bektemir tumani hududida joylashgan xonadonida, voyaga etmagan Munisa Farmanovani ojizligidan foydalanib, zo`rlik ishlatib, o`zining jinsiy ehtiyojini g`ayritabiiy usulda qondirgan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 119-moddasi 4-qismi (jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib, g`ayritabiiy ravishda qondirish, o`n to`rt yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan sodir etish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Toshmuxamedovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiyasi va ismi har qanday o`xshashligi tasodifiy harakterga ega.


Diqqat !!!

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko`rganlar bo`lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

Шарҳлар

Namanganda 21 yoshli yigitni qotiliga aylangan blogerga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi

10.01.2022, 21:58

Namanganda 150 ming so`m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko`paytirish ortidan ikki bloger o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi.Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o`tgan yilning...
Toshkent shahrida o`tkaziladigan U-22 Osiyo chempionatining yangi sanasi ma`lum qilindi

21.11.2021, 17:05

shu yil Toshkent shahrida 22 yoshgacha bo`lgan bokschilar o`rtasida Osiyo chempionati o`tkazilishi haqida xabar qilgandik. Bu haqda O`zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi. Ammo, ma`lum...
Toshkentda kir yuvish kukunlarini qo`lbola usulda tayyorlab sotayotgan sex fosh etildi

10.11.2021, 18:36

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo`limi tomonidan “The Procter & Gamble” kompaniyasi ishonchli vakilining murojaatiga asosan o`tkazilgan tezkor tadbirda, YaTT “S.X.” tegishli hujjatlari bo`lmagan...
Toshkentda Prezident sovrini uchun xalqaro shaxmat turniri o`tkaziladi

06.11.2021, 22:06

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida 2021-yildan boshlab har yili an`anaviy tarzda Toshkent...