my5

​Londondagi yong`inda halok bo`lgan italiyalik juftlik o`limi oldidan ota-onasi bilan vidolashdi

Dunyo 20.06.2017, 12:39
Теглар: Fojia, Yong`in, Halok bo`ldi
8442
​Londondagi yong`inda halok bo`lgan italiyalik juftlik o`limi oldidan ota-onasi bilan vidolashdi

14 iyun kuni London shahridagi 24-qavatli uyda chiqqan yong`in tufayli italiyalik er-xotin Gloriya Trezivan va Marko Gottardilar ham halok bo`ldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Italiya OAVlarining ma`lumot berishicha, Gloriya o`limi muqarrarligini sezib, vataniga — onasiga qo`ng`iroq qilgan. Qizning so`nggi vidolashuv so`zlarini oilaning advokati ma`lum qildi. “Alvido, onajon! Men uchun nimaiki qilgan bo`lsangiz, barchasi uchun rahmat aytaman. Sizga endi samodan turib yordam beraman”, dedi Gloriya.

Gloriya va Marko osmono`par binoning 23-qavatida yashagan. Ular Buyuk Britaniyada arxitekor bo`lib ishlashgan va mamlakatga kelganlariga atigi bir necha oy bo`lgan. Gloriya o`tgan yili o`qishni tamomlagan. 14 iyundagi yong`indan keyin ular bedarak yo`qolgan, deb hisoblangan edi. Keyinchalik ularning halok bo`lgani ma`lum bo`ldi.

Advokatning aytishicha, Gloriyaning ota-onasi qashshoqlikda kun kechirgan. Ular bir necha oy ilgari uylaridan ayrilgani bois, Gloriya ota-onasiga yordam berish maqsadida Londonga kelgan, u Italiyada karera qilolmagan.

“Ular o`z hayotlaridan juda mamnun edi. May oyida Londonga, yoshlarning uyiga mehmonga kelgandik. Kvartira juda ham shinam va zamonaviy, yaqinda ta`mirdan chiqqandi. O`shanda mazkur kvartira ularning hayotiga xavf solishi mumkinligi xayolimga ham kelmagan edi. So`nggi daqiqalarga qadar o`t o`chiruvchilar ularni qutqarishiga ishongandik”, - dedi Markoning otasi Janino Gottardi italiyalik jurnalistlarga.

Uning aytishicha, yong`in paytida o`g`li u bilan muntazam aloqada bo`lgan, xovliqmay, xotirjam ohangda ularni tinchlantirishga harakat qilgan. Kvartirani batamom qora tutun qoplagandan keyin aloqa uzilgan. Yong`in paytida bino ichida 600 nafarga yaqin odam bo`lib, ularning asosiy qismi Afrika va Yaqin Sharq fuqarolari bo`lgan. Fojia oqibatidan 70 kishi halok bo`ldi. Ma`lum bo`lishicha, binoning ta`mirlash ishlari bilan shug`ullangan kompaniya eng arzon va tez yonuvchi qurilish materiallaridan foydalangan.

Шарҳлар

Gresiyadagi eng katta muhojirlar lageri butunlay yonib ketdi

10.09.2020, 09:25

Gresiyaning Lesvos orolidagi eng katta Moriya muhojir va qochqinlar lageri butunlay yonib ketdi.ERT telekanali xabariga ko`ra, 12,8 ming kishi yashab kelayotgan lagerdagi yong`in COVID-19 bilan...
Rossiya konidagi yong`inda halok bo`lgan hamyurtlarimiz jasadi O`zbekistonga qaytarildi.

25.12.2019, 11:03

Xabaringiz bor, Rossiyadagi konda sodir bo`lgan yong`inda o`zbeklar ham halok bo`lgani xabar berilgan edi. TIV Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning jasadlari O`zbekistonga qaytarilishi bo`yicha ma`lumot berdi. Mamlakatimizning Ekaterinburg...
Andijonda naryaddagi posbonlar yonayotgan uyda bilmay uxlab yotganlarni qutqarib oldi

16.12.2019, 13:37

Andijon viloyati IIB PPX va JTSB JTSB batal­oni xodimlari, safdorlar Muhammadjon Azimov va San`atbek Tojiboev piyoda patrul naryadi tarkibida xizmat olib borayotganida tungi soat 2.00 bo`lib...
Toshkentda kurilayotgan binoning 3-qavatida yong`in sodir bo`ldi

16.12.2019, 10:46

Toshkent shahrida sodir bo`lgan yong`inda insonlarni halok bo`lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi.2019 yil 14...