Aktrisa Zarina Nizomiddinova Azucar Moreno brendining yangi to`plami uchun fotosessiyada ishtirok etdi.
Brendning aksariyat liboslari milliy matolardan tikilgan. Ularda milliylik bilan birga zamonaviylik ham mujassamlashgan.
Aytib o`tish kerakki, Zarina mazkur brendning yuzi hisoblanadi, avvalgi fotojamlanmalarda ham aynan Zarina suratga tushgan edi.