O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Og`abek Sobirov bugun, 24 iyun kuni tug`ilgan kunini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan san`atkorning ukasi, xonanda Anvar Sobirov akasiga atalgan dil izhorini Instagram`dagi sahifasida yozib qoldirdi.
“Yillar, yillar, yillar... Bir zumda rasmdagi vaqtdan 30 yildan oshiq vaqt o`tdi-yu ketdi, lekin Yaratganga behisob shukur, u o`tgan yillar besamar emas, balki o`zini ko`rsatib o`tdi. Og`abek akam bilan yoshligimiz birga o`tgan, desam ham mubolag`a bo`lmaydi,eslayman desam juda ajoyib gaplar ko`p.Bugun yana bizga an`ana bo`lgan yaxshi kun kirib keldi, nafaqat ‘Lazgi’ ansambli,balki Sobirovlar sulolasining ham badiiy rahbari Og`abek akamni bugungi tavallud ayyomlari bilan chin dildan tabriklayman,etkazganiga shukur, yana shunday kunlarni 80 90 tasini sog`lik-salomatlik va yurtimiz tinchligi bilan kutib olish nasib etsin, Yurtboshimizni o`z qo`llaridan yuksak unvonlarni qabul qilish nasib etsin, Olloh ikki dunyosida azizu mukarram qilsin”,—deb yozadi Anvar Sobirov akasini tabriklab.
“Darakchi.uz” sayti jamoasi nomidan Og`abek Sobirovni tug`ilgan kuni bilan tabriklaymiz!