my5

​FVV: YTHda halok bo`lganlarning jasadlari Farg`ona, Jizzax va Termizda egalariga topshiriladi

Jamiyat 24.06.2017, 13:33
Теглар: YTH, Fojia, O`zbekiston, Avtobus, Qozog`iston
5753
​FVV: YTHda halok bo`lganlarning jasadlari Farg`ona, Jizzax va Termizda egalariga topshiriladi

Qozog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar qo`mitasining ma`lumotiga ko`ra, 2017 yilning 22 iyun kuni soat 10:20 da Akto`be viloyatida “Volgograd - Chimkent” yo`nalishida “Mersedes” rusumli avtobusi yo`l-transport hodisasiga uchragan.

Avtobusda jami 52 nafar yo`lovchi bo`lib, ulardan 50 nafari O`zbekiston Respublikasi,

2 nafari Qozog`iston Respublikasi fuqarolari bo`lgan. Yo`l-transport hodisasi oqibatida O`zbekiston Respublikasining 9 nafar fuqarosi vafot etgan, 7 nafar fuqarosi jabrlanib, Aytikeb tumani shifoxonasiga yotqizilgan. Voqea joyida 10 nafar fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan. 21 nafar fuqaro YTH oqibatida jabrlanmagan.

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi maxsus harbiy transport samolyoti joriy yilning 23 iyun kuni soat 19:40 da Nukus shahridan jabrlangan va vafot etgan fuqarolarni olib kelish maqsadida Qozog`iston Respublikasi Akto`be shahriga uchib ketgan hamda shu kuni soat 23:00da Akto`be shahar aeroportiga qo`ngan.

O`zbekiston Respublikasining 9 nafar fuqarosi vafot etgan, 7 nafar jabrlangan hamda qolgan 31 nafar fuqarolari Akto`be shahar aeroportidan Toshkent shahriga soat 11:40 olib kelindi.

Vafot etgan fuqaro M.Ergashev “Xunday” rusumli maxsus tibbiy avtomashinasida Jizzax viloyatiga olib boriladi.

Vafot etgan fuqaro T.Djumaev “O`zbekiston havo yo`llari” aviakompaniyasi ko`magida Surxondaryo viloyati Termiz shahar aeroportiga olib boriladi.

Vafot etgan 7 nafar fuqarolar 24 iyun kuni soat 12:40 da Mudofaa vazirligining samolyotida Farg`ona shahar aeroportiga olib kelinib, Namangan, Andijon, Farg`ona viloyatlarida istiqomat qiluvchi yaqinlariga topshiriladi.

Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan dafn etish marosimlarini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha yordam ko`rsatiladi.

YTH oqibatida jabrlangan fuqarolarga zaruriy tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi.

Qolgan fuqarolarga doimiy yashash joylariga etib borishlari uchun amaliy yordam ko`rsatiladi.

Шарҳлар

O`zbekiston 10 oy davomida necha tonna karam eksport qilgani ma`lum bo`ldi

26.11.2020, 00:29

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilning 1 noyabr holatiga O`zbekiston 11 ta xorijiy mamlakatlarga qiymati 19,0 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 86,8 ming tonna...
Bugun O`zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

25.11.2020, 07:30

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 25 noyabr kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:TOShKENT ShAHRIHavo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz qor yog`ishi mumkin. Kechasi va...
O`zbekiston hududida zilzila sodir bo`ldi

18.11.2020, 22:29

Toshkent vaqti bilan 22:10 da Tojikistonda zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.Zilzila koordinatalari: 39,86 gradus shimoliy kenglik; 68,9 gradus...
O`zbekiston delegasiyasi AQShga tashrif buyuradi

13.11.2020, 20:22

Joriy yilning 15-22 noyabr kunlari O`zbekiston hukumati delegasiyasining Amerika Qo`shma Shtatlariga tashrifi rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi. AQSh bilan ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvda ishtirok etish maqsadida ushbu...