my5

​Tennischi Vinus Uilyams o`lim bilan yakun topgan avtofalokat sababchisi bo`ldi

Dunyo 30.06.2017, 12:03
Теглар: Avto, YTH, Fojia, vafot etdi
3394
​Tennischi Vinus Uilyams o`lim bilan yakun topgan avtofalokat sababchisi bo`ldi

Amerikalik tennischi, 37 yoshli Vinus Uilyams 9 iyun kuni ro`y bergan, oqibatda bir kishi halok bo`lgan YTH sababchisi bo`ldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Yo`lda 78 yoshli erkak boshqargan avtomobil tennischining atomashinasi bilan to`qnashgan. Oradan ikki hafta o`tgach, erkak kasalxonada vafot etdi. Voqea 9 iyun kuni Florida shtatida ro`y bergan bo`lsa-da, bu haqda endi ma`lum bo`ldi. Vafot etgan erkakning yonida bo`lgan rafiqasi ham tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Polisiya mazkur YTHda aynan Vinus Uilyamsni aybdor, deb topdi. U yo`l harakati qoidasini buzganlikda ayblandi. Tekshiruv natijasida Vinus Uilyamsning qonida alkogol va giyohvandlik moddalari yo`qligi aniqlandi.

Eslatib o`tamiz, Vinus Uilyams — to`rt marotaba olimpiada chempioni bo`lib, mashhur tennischi Serena Uilyamsning opasi hisoblanadi.

Шарҳлар

Chilonzorda “LACETTI” haydovchisining boshqaruvni yo`qotishi YTHga olib keldi

11.11.2020, 20:29

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 11 noyabr kuni soat 18:50 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko`chasidagi avtomobil ko`prigi ustida, haydovchi 1998 yilda tug`ilgan L.A....
Andijonda "qorong`i" trassadagi YTH oqibatida ikki kishi halok bo`ldi(video)

09.11.2020, 08:47

Farg`ona halqa avtomobil yo`li (R-112)ning Andijon viloyati Asaka tumani «Yuqori Bo`z» mahallasi hududidan o`tgan qismida 6 noyabr kuni soat taxminan 23:50 da inson o`limi bilan...
YTH ro`y berishi ehtimoli yuqori bo`lgan yo`l qismi haqida ogohlantirish – sizningcha foydali bo`ladimi?

23.10.2020, 22:09

YTH ro`y berishi ehtimoli yuqori bo`lgan yo`l qismi haqida ogohlantirish – sizningcha foydali bo`ladimi? Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.Toshkent shahar IIBB Yo`l harakati...
Oqoltinda sodir bo`lgan YTH oqibatida "Neksiya" yonib ketdi

07.10.2020, 22:03

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmatining bergan xabariga ko`ra, joriy yilning 6 oktyabr kuni soat 01:20 larda, Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani hududidan o`tuvchi M39 avtomobil yo`lining...