my5

​Qozog`istondagi mudhish YTHda jabrlangan o`zbekistonliklar kechinmalari bilan o`rtoqlashishdi

Jamiyat 04.07.2017, 21:07
Теглар: YTH, Qozog`iston
4874
​Qozog`istondagi mudhish YTHda jabrlangan o`zbekistonliklar kechinmalari bilan o`rtoqlashishdi

Ma`lumki joriy yilning 20 iyun kuni Aktyuba viloyati Aytekebiy tumani Karabutak posyolkasidan 20 kilometr uzoqlikda Samara-Chimkent trassasining 946-kilometrida soat 10.20 da yo`l-transport hodisasi yuz berib, “Mersedes” rusumli ikki qavatli yo`lovchilar avtobusi ag`darilib tushgandi.

Mazkur hodisa oqibatida 52 kishi (50 ta O`zbekiston Respublikasi fuqarosi va 2 ta Qozog`iston Respublikasi fuqarosi) jarohat oldi.

Mudhish hodisa 9 kishining hayotini olib ketdi, 18 kishi turli darajadagi tan jarohati oldi.

O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining rasmiy saytida Qozog`iston Respublikasi hududida sodir bo`lgan halokatda jabrlanganlardan olingan qisqacha intervyular chop etildi.

Farg`ona viloyati Rishton tumani «Mehnatobod» QFY yashovchi Qurbonov Ilxomjon Nabijonovich:

“Cho`lda ketayotganimizda birdaniga avtobus ag`darilib ketib, men va yonimdagilarni vahima bosdi. Avtobusdagi narsalar ustimizga ag`darilib tusha boshladi. Men belim bilan o`tirg`ichga zarb bilan borib urildim, nima bo`lganini tushunolmay qoldim. Odamlarning baqir chaqiri eshitildi, o`rnimdan turishga qiynaldim.

Darhol, Qozog`iston Respublikasi Ichki Ishlar xodimlari va yo`lovchilar to`xtab yordam berishdi, bir oz vaqt o`tgandan so`ng, qutqaruvchilar etib kelishdi va barchamizni olib chiqishdi. Keyinchalik, bizlarni shaharga olib ketishdi. Barchamizga tibbiy yordam ko`rsatildi uch mahal issiq ovqat bilan ta`minlashdi. Ushbu yo`l harakati hodisasi oqibatida halok bo`lgan yo`lovchilar jasadlarini esa tobutga solib qo`yishdi. Shundan so`ng, uzoq yurdik va samolyotga o`tirib O`zbekistonga etib keldik. Bo`lib o`tgan voqeada o`g`lim vafot etganidan qattiq iztirobdaman. O`zbekiston Respublikasi tomonidan vatanimizga tezkorlik bilan qaytarib olib kelingani, barchamizga ko`rsatilgan yordamlaringiz uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga alohida minnatdorligimizni bildiramiz, agar zudlik bilan orqaga qaytarmaganlaringizda bilmadim holimiz nima kechardi. O`zbekiston Respublikasi hududida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi va Mudofaa vazirligi xodimlari tomonidan ko`rsatilgan yordamlar, g`amxo`rlik uchun o`z minnatdorligimizni izhor etamiz”.

Samarqand viloyati Nurobot tumani «Jarquduq», QFY «Oltio`g`il» MFYda yashovchi Sayfiev G`ayrat Norboevich:

“Avtobusda haydovchilar almashganini ko`rdim, oz vaqt o`tgandan so`ng, o`zim ham uxlab qolibman. To`satdan avtobusga nimadir bo`ldi. Men qo`rqib ketdim. Bilsam avtobus ag`darilib ketibdi. Bemorlarga yordam ko`rsatishdi, menga hech narsa qilmadi, biroq afsuski avtobusdagi yo`lovchilarning ayrimlari vafot etishgan ekan.

Qozog`iston Respublikasi Ichki Ishlar xodimlari, qutqaruvchilari hamda shifokorlari bizlarga yaxshi qarashdi, qanday qilib uyga borar ekanman deb o`ylanib qoldim, yaxshiyam samolyot uchib keldi va bizlar qaytib keldik. Mana shunday g`amxo`rlik uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Hukumatimizga o`z minnatdorligimizni izhor etamiz. Qozog`iston Respublikasiga yuborilgan samolyot, har tomonlama ko`rsatilgan yordamlaringiz uchun katta rahmat aytib qolamiz”.

Sirdaryo viloyati Sardoba tumani, Ulug`bek ko`chasi, 39 uyda yashovchi Qodirov Nurali Anarbaevich:

“Nima bo`layotganini o`zim ham bilmay qoldim, birdaniga avtobusda odamlarning vahimali ovozlari eshitildi. Qo`limni urib oldim boshqa joyimga hech narsa qilmadi. Bir kundan so`ng, samolyot uchib keldi va bizlar qaytib keldik. Biz bilan birga bo`lgan odamlar vafot etgani achinarli. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatiga alohida o`z minnatdorligimizni bildiramiz. Shu bilan birgalikda, bizlarga yaqindan ko`rsatgan yordamlari uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog`liqni saqlash, Ichki Ishlar va Mudofaa vazirliklari xodimlariga o`z minnatdorligimizni izhor etamiz”.

Surxondaryo viloyati Uzun tumani, «Telpakchilar» QFY, «Yangi hayot» MFYda yashovchi Xolmatov Behruzbek Abdurashid o`g`li:

“Avariya bo`lganida juda ham qo`rqib ketdim, oldimdagilarni boshidan jarohat olganini ko`rdim. Yo`lovchilar kelib yordam berishdi. Vafot etganlar ham bor ekan, ularni ham olib chiqishdi. Hammani qaysidir binoga olib ketishdi, biz u erda dam oldik. Ichki Ishlar xodimlari bizlardan nima bo`lganini so`rab olishdi. Bir kundan so`ng, samolyotga o`tirib qaytib keldik. Ko`rsatilgan yordamlaringiz uchun barchangizga rahmat aytamiz. Shunday Davlatimiz borligidan, bu O`zbekiston Vatanimizda insonparvarlik, muhtoj odamga yordam qo`lini uzatilishini, hech kim-hech qachon nazardan chetda qolib ketmasligiga yana bir-bor amin bo`ldim. Ko`rsatilgan yordamlaringiz uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog`liqni saqlash, Ichki Ishlar va Mudofaa vazirliklari xodimlariga o`z minnatdorligimizni bildiramiz. Barchasi uchun kattadan-katta rahmat aytamiz”.

Шарҳлар

Namanganda YTH: bir qurbon va 3 jabrlanuvchi bor

02.02.2020, 16:02

1 fevral kuni soat 07:10 larda Namangan viloyatida yuz bergan yo`l-transport hodisasi natijasida haydovchi halok bo`ldi. Bu haqda Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.Pop tumanida...
Namanganda “Neksiya” 30 kishini olib kelayotgan “ISUZI”ga urildi. Qurbon bor

15.01.2020, 10:22

2020 yil 14 yanvar kuni soat 08:20 larda Namangan viloyati Uychi tumanida yo`l-transport hodisasi ro`y berdi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lum qildi.Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra,...
“Matiz” urib ketgan o`quvchi kasalxonada vafot etdi

03.01.2020, 09:41

2020 yil 01 yanvar kuni soat 01.25 da, Uzun tumani “Tojikobod” mahallasi hududidan o`tuvchi ichki yo`lda YTH sodir bo`ldi, deya xabar berdi Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati. Shu...
Ijtimoiy tarmoqda shov-shuv bo`layotgan Sergilidagi YTHga oydinlik kirtildi

19.12.2019, 09:06

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat bo`yicha Toshkent shahar IIBB aniq ma`lumotlarni taqdim etdi.Unga ko`ra, 17-dekabr kuni...