13

"Real Madrid" 18 yoshli vunderkind bilan kelishuvga erishgani ma`lum qilindi

Sport 07.07.2017, 17:07
Теглар: Futbol, Real madrid
2105
"Real Madrid" 18 yoshli vunderkind bilan kelishuvga erishgani ma`lum qilindi

Madridning "Real" klubi rahbariyati "Monako" hujumchisi Kilian Mbappe bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda Marca nashriga asoslanib, Daily Mail xabar bermoqda.

Manbada yozilishicha, 18 yoshli fransiyalik futbolchi Madrid klubi mashg`ulotlar bazasiga kelib muzokaralar o`tkazgan. Ma`lum bo`lishicha, futbolchi “qirollik klubi” bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi va yillik maoshi 6-7 million evroni tashkil qiladi.

Avvalroq, PSJ rahbariyati Mbappe otasi bilan transfer borasida kelishuvga erishganligi aytilgan edi. Futbolchining o`zi esa top klublarning qiziqishiga qaramasdan yana bir yil "Monako"da qolmoqchi. Bunga JCh-2018ga yaxshiroq tayyorgarlik ko`rish asosiy sabab deb qaramoqda.

Шарҳлар

O`zbekistonlik futbolchi Italiya jamoasiga o`tadi

25.11.2019, 18:12

O`zbekistonlik yosh futbolchi, «Bunyodkor» yarimhimoyachisi Jasur Jaloliddinov legionerga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda Klub matbuot xizmat xabar berdi.Keltirilishicha, Jasur Jaloliddinov Italiya «B» Ceriyasi ishtirokchisi «Benevento»ga o`tadi.«Yosh futbolchimizning harakatlari...
Futbol afsonasi Ronaldino Saudiyada ko`rinish berdi

22.11.2019, 20:18

21 noyabr kuni Saudiya Arabistonida “Motor Show-2019”avtomobillar ko`rgazmasi ochildi. Bu ko`rgazmada birinchi avtomobilni braziliyalik futbol yulduzi Ronaldino sotib oldi. Bu haqda arabnews.comga tayanib xabar qilindi.Barselonaning...
IIBB Falastin va O`zbekiston futbol o`yiniga tashrif buyuuruvchilarga murojaat qildi

19.11.2019, 15:33

19 noyabr kuni Jahon Chempionati-2022 saralash bosqichi doirasida “Paxtakor” stadionida Falastin va O`zbekiston terma jamoalari o`rtasida futbol o`yini bo`lib o`tadi. Uchrashuv 17.00 da boshlanadi.Toshkent shahar Ichki...
O`zbekistonda futbol yangi bosqichga olib chiqiladi

18.11.2019, 20:04

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni loyihasi muhokamaga qo`yildi. Bugun O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasida mazkur farmonni takomillashtirish va uni...