Sevimli

​TOShKENTDA 800 MING SO`M EVAZIGA BIR YO`LA IKKI AYoL BILAN JINSIY ALOQA QILISh HOLATI ANIQLANDI

Jinoyat 13.07.2017, 16:06
​TOShKENTDA 800 MING SO`M EVAZIGA BIR YO`LA IKKI AYoL BILAN JINSIY ALOQA QILISh HOLATI ANIQLANDI

2017 yilning 9 iyul kuni taxminan soat 23:30larda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Yusupova Manzura Murodjon qizi va Abduraximova Durdona Rustam qizi, Shayxontohur tumani hududida, qo`shmachilik bilan shug`ullanib, 800.000 so`m pul evaziga fuqaro “A” ni ikki nafar ayollar bilan jinsiy aloqa qilishlari uchun tanishtirib qo`yganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 3-qismi (bir guruh shaxslar bilan oldindan til biriktirib, g`arazli niyatlarda qo`shmachilik qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар