my5
Sevimli

​O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJGA ChIQISh PASPORTLARI JORIY ETILIShIGA DOIR

Jamiyat 14.07.2017, 09:47
Теглар: Pasport
​O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJGA ChIQISh PASPORTLARI JORIY ETILIShIGA DOIR

2017−2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo`yicha Davlat dasturiga asosan Tashqi ishlar vazirligi boshqa vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda chiqish va kirish tizimini takomillashtirish borasida me`yoriy-huquqiy aktini tayyorlash topshirilgan.

Yuqorida ko`rsatilgan me`yoriy akt oldiga qo`ygan vazifalar, shuningdek chet elga chiqishda qo`yiladigan ikki yillik stikerni bekor qilish, chiqish hujjatlarini tayyorlashda qulayliklar yaratilayotgani BMT inson huquqlari bo`yicha oliy komissar Zeid Raad al-Xussaynning mayda O`zbekistonga tashrif doirasida yuqori baholangan.

5 iyul kuni press-klubda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ishtirokida o`tgan uchrashuvda ham aynan ushbu mavzudagi savollar diqqat markazda bo`ldi.

Aytish joizki, Prezidentning 11 iyuldagi migrasion jarayonlar va fuqarolikni rasmiylashtirishda ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirish to`g`risidagi Qarorida vakolatli tashkilotlarga bir oy muddatda mazkur masala bo`yicha takliflarni ishlab chiqishga ko`rsatma berilgan.

Takliflarda xorijga chiqish pasportlarini joriy etishning aniq bosqichlari, muddatlari, texnik shartlari va moliyaviy xarajatlar aks etishi lozim.

Ayni damda Respublikada xorijga chiqish pasportini kiritish masalalarini ishlab chiqish va amalga kiritish borasida maxsus ishchi komissiya tuzilgan.

Ta`kidlash joizki, respublikada xorijiy pasportni amalga kiritish borasida ijobiy bir to`xtamga kelinadigan bo`lsa, ushbu hujjatni berish bosqichma-bosqich 2019 yildan boshlab amalga oshiriladi.

Xorijda amaldagi biometrik pasport bilan yashayotgan shaxslar uchun ushbu hujjatni mamlakat tashqarisida ishlatish bo`yicha alohida tartib ishlab chiqiladi.

Шарҳлар

Ekopartiya a`zosi Toshkentga keluvchilar uchun yangi tizimni taklif qildi, bloger unga javoban “viloyatliklarning pasporti qora bo`lsachi?” demoqda

11.12.2019, 18:36

Xalqaro press klubni navbatdagi sonida O`zbekiston ekologik partiyasi vakili Ulug`bek Pirmuhammedov Toshkentga kelayotgan viloyatliklarni qayd etish bo`yicha o`zining yangicha taklifini bildirdi."Fikrimizcha, fuqaro Toshkentga kelishidan oldin...
Buvaydalik ota 64 yoshida SSR pasportini “biometrik”ka almashtirdi

11.11.2019, 18:33

Buvayda tumani "Ozod" MFYda istiqomat qiluvchi, 1955-yilda tug`ilgan Mo`minjon ota sobiq SSR pasporti bilan yurgani, e`tiborsizligi tufayli biometrik pasportni olmaginni aytib Buvayda tumani adliya bo`limi...
Aeroportda soxta Malayziya pasportli bir guruh shri-lankaliklar ushlandi

09.11.2019, 22:05

Mamlakatimiz fuqarolari va yurtimizga kirib kelayotgan sayyohlarga O`zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan o`tish bo`yicha muayyan qonun-qoidalar to`g`risidagi targ`ibot-tashviqot ishlarini olib borilishiga qaramay ba`zi bir shaxslar tomonidan...
Soxta Italiya pasportli eronliklar yurtimizga kirishga urindi

08.11.2019, 17:27

 Joriy yilning 3 noyabr kuni I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida “Istanbul-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha poytaxtimizga kelgan ana shunday bir guruh shaxslar qo`lga olindi. Bu haqda...