my5

​15 IYuL HARAKATI – TURK XALQI IRODASINING IFODASI

Dunyo 15.07.2017, 10:48
Теглар: Turkiya
2508
​15 IYuL HARAKATI – TURK XALQI IRODASINING IFODASI

Bundan roppa-rosa bir yil ilgari – 2016 yil 15 iyul kuni Turkiya tarixida ham qonli, ham shonli voqea yuz bergandi.

Xuddi shu kuni Turkiya Qurolli kuchlari ichiga sizib olgan va Fetullaxchi terroristik tashkiloti (FETO) a`zosi bo`lgan harbiylar tomonidan amalga oshirilgan davlat to`ntarishiga urinishning maqsadi Prezident Rejep Tayyip Erdog`anga suiqasd uyushtirish, konstitusion tuzum va parlament tizimini ag`darish edi.

15 iyul kechasi boshlangan davlat to`ntarishga urinish, Prezident Erdog`anning milliy media tarmoqlari orqali chiqish qilib, xalqni demokratiyani himoya qilish uchun maydonlarga chiqishga chaqirgandan so`ng muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

O`n minglab tinch aholi demokratiyani va saylov orqali hokimiyat tepasiga kelgan hukumatni himoya qilish maqsadida ko`chalarga chiqdi va halqning jahon tarixida misli ko`rilmagan qahramonona hatti-harakati tufayli davlat to`ntarishining oldi olindi.

Davlat to`ntarishga urinish vaqtida Turkiya Buyuk millat majlisiga havo zarbalari berildi. Prezident saroyi, polisiya qarorgohlari va Milliy razvedka tashkilotiga hujumlar uyushtirildi va davlat to`ntarishiga qarshi chiqqan va milliy irodani himoya qilgan tinch aholiga o`q uzildi. Buning natijasida tinch aholi vakillaridan 250 kishi halok bo`ldi, 2000 dan ortig`i esa yaralandi.

Turkiya 15 iyul kuni nafaqat mamlakat tarixining eng qonli davlat to`ntarishiga urininish balki juda ham keng qamrovli terroristik huruj bilan yuzma yuz keldi. Bunga javoban turk xalqining demokratiyani himoya qilish maqsadida ko`rsatgan qarshiligi butun dunyoninig diqqatiga sazovor bo`ldi.

FETO oxirgi 40 yildan buyon davlatni qo`lga olish maqsadida ta`lim muassasalari, madaniyat markazlari, kasbiy uyushmalar va nodavlat notijorat tashkilotlari orqali strategik idora va muassasalarga sizib kirmoqda. 2014 yildan beri mazkur tashkilot a`zolarini davlat tashkilot va idoralaridan uzoqlashtirishga harakat qilingan bo`lsada, 15 iyul kuni sodir bo`lgan davlat to`ntarishiga urinish bu tashkilotning davlat tizimi ichida na qadar mustahkam o`rnashib olganini ko`rsatdi. Shuning uchun ham barcha davlat idora va tashkilotlarini FETO a`zolaridan tozalash maqsadida milliy qonunchilik va xalqaro huquq normalarga rioya qilgan holda, Turkiyada favqulodda holat tartibi e`lon qilindi.

Sodir bo`lgan davlat to`ntarishiga urinishdan so`ng FETO a`zolari va shubhali shaxslarga doir olib borilgan tergov surishturuv ishlari huquqiy fuqarolik jamiyati mezonlari asosida, milliy va xalqaro qonun me`yorlari doirasida olib borildi. Ularga tergov surishturuv komissiyasiga murojaat qilish va e`tiroz bildirish huquqi berilgan.

Shu bilar bir qatorda davlat to`ntarishiga urinishning izlari tez sur`atda yo`qotildi va xalqning kundalik hayot tarzi va iqtisodiy faoliyatlari esa o`z holatiga qaytdi.

Ta`kidlash o`rinliki, bugungi kunda qardosh va qadrdon turk xalqi, turk davlati O`zbekiston bilan teng huquqli hamkorlik olib borayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi.

Шарҳлар

Turkiyada zararli mahsulotlar ro`yxati ma`lum qilindi

12.10.2020, 20:22

Turkiyaning Sabah nashri sog`lom organizmni yo`q qiladigan 8ta mahsulotlar nomini ma`lum qildi.Zararliligi bo`yicha birinchi o`rinda – shakar. U teri, tanadagi lipidlar va oqsillarga zarar etkazishi...
Samarqanddagi qurilishda bo`lgan janjal ortidan Turkiya fuqarolari mamlakatiga qaytarib yuborildi

20.11.2019, 15:06

Xabaringiz bor, 6 noyabr kuni Samarqandda qurilishda ishlaydigan o`nlab ishchilar o`rtasida ommaviy janjal bo`lgan va  mushtlashuv turklar va o`zbeklar o`rtasida kelib chiqqandi.Shundan so`ng, Turkiyada mehnat...
Ozod etilgan jurnalist bir haftadan keyin qayta hibsga olindi

14.11.2019, 17:11

Turkiya polisiyasi siyosiy to`ntarishga aloqadorlikda ayblanib, qamoqdan ozod qilingan taniqli jurnalist va yozuvchi Ahmet Altanni seshanba kuni yana hibsga oldi.Bu haqda arabnews.com’ga tayanib ma`lum qilinmoqda.Dushanba...
Turkiyadagi fabrikada halokatga uchragan vatandoshimiz vafot etdi

05.11.2019, 16:18

Mamlakatimizning Istanbul shahridagi (Turkiya) Bosh konsulxonasi bergan ma`lumotga ko`ra 2019-yilning 31-oktyabr kuni og`ir jarohatlar bilan “Çorlu Devlet Hastanesi” tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan O`zbekiston fuqarosi Z.V. vafot...