«Slavyanskiy bazar» deb nomlangan san`at bayrami doirasida an`anaviy tarzda o`tkaziladigan «Vitebsk—2013» tanlovida bu yil dunyoning 21 davlatidan kelgan qo`shiqchilar ishtirok etdi. Tanlov hay`ati ijrochilarning mahoratida avvalgi yillarga nisbatan o`sish kuzatilganini ta`kidladi.

Tanlovning birinchi kuni Sardor Ishmuhamedov sahnada «Hay yor-yor» deb aytiladigan xalq kuyini ijro etdi. Xonandaga toshkentlik dizayner Saida Amir tomonidan taqdim etilgan milliy liboslar esa ijroga qo`shimcha chiroy va sharqona bezaklar berdi.
Manba: Farishta.uz