14.08.2013 22:48
“Bolajonlar-bolalarga” aksiyasi xalqaro darajaga ko`tarilmoqda
Mazkur liseyning O`smirlar simfonik orkestri mamlakatimizda o`tkazilayotgan turli san`at bayramlari, musiqa festivallari, madaniy-ma`rifiy tadbirlarning doimiy ishtirokchisidir. Xorijiy mamlakatlardagi bolalar va o`smirlar musiqa jamoalari bilan keng hamkorlikning yo`lga qo`yilgani yosh ijrochilarning o`zaro fikr almashishi va ijodiy muloqotiga xizmat qilmoqda.
«Bolajonlar – bolalarga!» aksiyasi 2005 yildan buyon muntazam o`tkazib kelinmoqda. Undan tushgan mablag` qon xastaligi bilan og`rigan bolalarni davolashda qo`llaniladigan dori-darmonlar xaridiga yo`naltirilmoqda.
Konsertda o`zbek va jahon bastakorlari asarlaridan namunalar ijro etildi. Bundan tashqari ishtirokchilar Toshkentdagi Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan bolalar uchun ham maxsus konsert dasturini uyushtirishni rejalashtirishgan.
Simfonik orkestlar ishtirokidagi navbatdagi konsert Seulda “Bolajonlar-bolalarga” aksiyasining yangi do`stlari davrasida o`tkaziladi.