AsosiyDunyo

​5 YoShLI BRITANIYaLIK QIZ NOQONUNIY RAVIShDA LIMONAD SOTGANI UChUN 300 DOLLAR JARIMAGA TORTILDI

'​5 YoShLI BRITANIYaLIK QIZ NOQONUNIY RAVIShDA LIMONAD SOTGANI UChUN 300 DOLLAR JARIMAGA TORTILDI'ning rasmi

London hukumati Lovebox Festival musiqa festivali o`tkazilayotgan joy yaqinidagi ko`chada qo`lbola limonad sotgan 5 yoshli qizga 300 dollar jarima yozdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Qizaloq lisenziyasiz savdo qilgani uchun jazolandi. Qizchaning otasi mazkur qarordan norozi bo`ldi, deb xabar berdi Britaniyaning VVS teleradiokompaniyasi.

“Men polisiyachilar stolni olib, ko`chaning nariga tomoniga o`tishni talab qiladi, deb o`ylagandim. Qizim odamlarni xursand qilish uchun uyning oldiga limonadli stol qo`yib o`tirgandi”, dedi qizchaning otasi Andre Spayser.

Uning so`zlariga qaraganda, qizi qo`rqqanidan yig`lab yuborgan. Qizchaning yig`laganini ko`rgan polisiyachilar undan kechirim so`rab, kelajakda noqonuniy ravishdagi tadbirkorlik bilan shug`ullanmaslikni tayinlashdi.

    Boshqa yangiliklar