Sevimli

​QIMMATGA TUShGAN “MUHABBAT”

Jinoyat 25.07.2017, 11:04
Теглар: Yuragimda saqlaganlarim
​QIMMATGA TUShGAN “MUHABBAT”

Biron bir ishni boshlash oson kechmaydi. Nemislarda ham “hamma ishning boshlanishi og`ir” degan maqol bor. Qancha mehnat, mablag` va tinimsiz harakat zarur.

Hujjatlarni to`g`rilash, ma`lum bir binodagi faoliyatini yo`lga qo`yish Dilshod Yo`ldoshevga ham oson kechmadi. “Xorazm Yuksak Taraqqiyot” MChJni tashkil qilib, unga rahbarlik qilish mas`uliyatini yanada oshirdi, biroq, bu holat uzoqqa cho`zilmadi. Qo`lga kiritilgan yutuq, ya`ni, ishdan olinayotgan daromadlar uning xayolini buzdi. Xo`jalik mollarini sotish do`koni, maishiy xizmat ko`rsatish shaxobchalari faoliyati ham bir tekis yo`lga qo`yildi.

Bora-bora hammasi izga tushdi. Bundan mamnun bo`lgan D. Yo`ldoshevning ko`ngli yana boshqa narsalarni ham tusay boshladi. Bu orada u Intizor Qo`shshaeva (familiyasi o`zgartirilgan) ismli qiz bilan tanishib, u bilan ancha payt gaplashib yurdi. Bora-bora munosabatlar ham chuqurlasha bordi. Shu zaylda vaqt ham o`taverdi.

  • Intizor, yig`ib qo`ygan puling bo`lsa, menga ber. Bir reja tuzganman. Uni amalga oshirsam, katta daromad ko`ramiz. Foydaning bir qismi senga tegadi.
  • Albatta, axir, meni yaqin insonimsan. Ko`rasan, hademay senga uylanib, birgalikda baxtli yashaymiz!
  • Xavotir olma, to`layman! – darhol Intizorning gapini cho`rt kesdi Dilshod. – nahotki menga ishonmasang? Axir ko`rib turibsan, tinmay harakat qilpman. Hali hammasini qaytaraman. Oshig`i bilan!
  • Hechqisi yo`q, muhabbatimizning mevasi dunyoga kelishiga qarshi emasman. Rejalashtirigan ishlar bitsin, darrov uyingga sovchi jo`natib, to`yni ham o`tkazamiz.

Ishonch bilan aytilgan bu gaplarga Intizor ishondi. Singlisining nomida bo`lgan plastik kartochkani ko`p ztmay qo`liga tutqazdi.

— Ichida 11 000 000 million so`mdan oshiq pul bor. Ishlating, lekin aytganingizdek daromadga men ham sherikman.

Bu gaplarga ishongan Intizor uni aldashi mumkinligini xayoliga ham keltirmasdi.

Oradan ma`lum vaqt o`tdi. Biroq, puldan ham, foydadan ham darak bo`lmadi. Buning ustiga singlisining kontrakt to`lovi ham bor.

Intizor nima qilishini bilmay boshi qotdi. Oxiri yurak betlab, shu haqda gapirdi.

— Singlimning plastigi...

Bu javobdan ko`ngli taskin topdi. Dilshod ham va`dasida turib, kontrakt pulining ma`lum qismini to`ladi.

Bekorga shubhalangan ekanman, yaxshiyam bu haqda o`ziga bildirmagan ekanman, uyalib qolardim, degancha shirin xayollarda yuraverdi.

Dilshodning shirin so`zlari, qop-qop va`daliri Intizorni es-hushidan ayirib qo`ygani bois, butun inon-ixtiryorini ham unga topshirganini sezmay qoldi. Xufiyona uchrashuvlar ham o`z natijasini uzoq kuttirmadi. Intizor ham o`zida kutilmagan holat yuz berayotganligini sezdi. Bu haqda Dilshodga aytganida, u pinagini buzmadi:

Ammo, o`sha kundan boshlab, Dilshodning unga bo`lgan imunosabati o`zgargan, shirin so`zlar, navozishlar o`rnini qo`pollik, jahl, g`azab egallagandi. Hatto bo`lar-bo`lmasga Intizorga qo`l ko`tarishni ham odat qilib oldi. Bu ham etmagandek, Intizorning gumonasi ham nobud bo`ldi. Oradan biroz vaqt o`tib, yana shu holat takrorlandi. Bu gal ham xuddi shunday bo`ldi.

Intizor bunga yigitni asosiy sababchi deb bilardi, chunki tez-tez o`rtalarida yuz bergan janjallar, egan kaltaklari, bergan ozorlari ta`sirida bolamdan ayrildim deb o`ylardi. So`nggi paytlarda o`rtalaridagi kelishmovchilik, o`zaro janjallar soni ortib borardi. Dilshod ham ba`zan do`konga kelgan mijozlarga qo`pol muomala qilar, hatto bir gal bu holat katta janjalga aylangandi. Egan kaltagi kamdek, sochini ham kesib tashlaganligi alam qilgan, buning ustiga homilasidan ajralgan Intizor ichki ishlar bo`limiga borib, bo`lib o`tgan holat yuzasidan ariza yozib, Dilshodga nisbatan qonuniy chora ko`rishlarini so`radi.

Ariza asosida holat batafsil o`rganilib, unga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi. Aniqlangan dalillar, sud tibbiy ekspertiza xulosalari, shifokorlar, guvohlar ko`rsatmalari ham inobatga olingan holda jinoyat ishlari bo`yicha Urganch shahar sudi tomonidan hukm o`qilib, sudlanuvchi D. Yo`ldoshevga nisbatan tegishli tartibda jazo tayinlandi.


Elmurod MATSAPAEV,

Urganch shahar prokurorining o`rinbosari,

Nargiza Bo`ronova,

Jurnalist

Шарҳлар

​Shubhaga ergashib…

11.07.2017, 12:11

Nasiba ko`zini to`yxonaning to`rt tomoniga yugurtirib erini izlay boshladi. Qani u? Topolmagach, o`rnidan turdi-da, butun tashvishlarini unutib sho`x taronaga raqs tushayotganlarni oralab, eshik tomon yurdi....
​Yaproqdagi nur

29.06.2017, 14:11

Qizlar yotoqxonasining yuqori qavatiga ko`tarilayotganimda qattiq hayajonlanib ketdim. Ko`rishmaganimizga ham ancha bo`ldi. Qanday kutib olarkin? Nimadan gap boshlasam ekan? Bu uchrashuvimiz nima bilan tugarkin? Har...
​MEHRIBON

28.06.2017, 15:27

Sobira kalendarga qaradi. O`n ettinchi fevral… Ertaga o`g`li bilan uchrashadi. Ikkilarining ham tug`ilgan kunlari. Yuragini temir qo`llar g`ijimlagandek bo`ldi. Sog`ingan, juda-juda sog`ingan…Uch yil muqaddam…Sobira o`zi...
​HINDChA MUHABBAT

21.06.2017, 16:08

Xalqimga yordam kerak, uning dardlari ko`pTest sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan Ozod poytaxtdagi eng nufuzli tibbiyot instituti talabasiga aylandi. O`qishga yangi qabul qilinganlarni tabriklash marosimi hashamatli zalda...