my5
Sevimli

Manzuraga o`zidan yoshi kichik hamkasbi sevgi izhor qildi

Shou-biznes 15.08.2013, 01:42
Manzuraga o`zidan yoshi kichik hamkasbi sevgi izhor qildi
"Intervyu" rukni ostida “Yulduzli onlar” deb nomlangan loyihani e`tiboringizga havola qilmoqchimiz. Unda xonanda Ulug`bek Rahmatullaev muxbirimiz o`rniga xonanda Manzuradan intervyu olishga urinib ko`radi. 
 Ulug`bek Rahmatullaev: — Bugun o`zimni jurnalist deb his etishimga imkoniyat yaratgan “Darakchi”ga rahmat! Shu kungacha jurnalistlar bilan suhbatdan yiqqan tajribalarimni ishga solishga harakat qilaman. Suhbatdoshim nega aynan Manzura? Sababi, uni men inson va san`atkor sifatida juda hurmat qilaman. Yaqin do`stlarimdan biri. U bilan hech bir san`atkor yoki jurnalist mendek yaqin, dildan gaplasholmaydi, deb o`ylayman. Jurnalistlar javob topolmagan savollarni mening suhbatim davomida bilib olasiz.
— Seni ko`rib turganimdan xursandman. Bugun sen bilan hamkasb emas, jurnalist sifatida gaplashaman...— Iqtidorlaringni yangi tomonini ko`rsatay debsan-da?
— Ha, qo`ldan kelgancha harakat qilaman (kuladi). Suhbat so`ngida bu qobiliyatimga o`zing baho berarsan. Demak, boshladik. Har bir bolaga ism qo`yishda ota-ona yaxshi niyatni ko`zlashadi. Masalan menga onam Mirzo Ulug`bek bobomizga havas qilib, Ulug`bek deb ism qo`yganlar. Manzura ismining ham o`ziga yarasha tarixi bormi?— Bizning oilamizda mengacha tug`ilgan barcha o`g`il bolalar vafot etgan.. Men shunday qiyin vaziyatda Xudodan tilab olingan farzandman. Dadamning aytishlaricha, men tug`ilishimdan oldin, tush ko`rgan ekanlar. Tushlarida oq otda Xizr bobo kelib,  “Tila tilagingni, Muborak” deganida, dadam “men farzandli bo`lishni istayman” degan ekan. O`shanda Xizr bobo “Elga manzur bo`ladigan farzand ko`rasan” degan. Shundan so`ng men tug`ilganman va ismimni Xizr bobo qo`ygan desam ham bo`ladi.
— 2010-2012 yillar biz san`at ahli uchun juda yaxshi yillar bo`ldi. Ko`pchiligimiz oila qurdik, farzandli bo`ldik. Bir so`z bilan aytganda, san`atdagi yutuqlarimiz bilan teng, shaxsiy hayotimiz ham yaxshi tomonga o`zgardi. Bo`ydoq yigit va qiz san`atkorlarning safi kamayib boryapti. Xo`sh, Manzuraning visol oqshomiga qachon boramiz?— Bu narsa haqida o`zim ham ko`p o`ylayapman. Xudo xohlasa to`yimga ham borasizlar. Hammasi oldinda... Lekin shu mavzu ochilganda bir gapni aytmoqchiman. Bu narsa Ulug`bek senga ham, boshqa o`quvchilarga ham juda qiziqarli ma`lumot bo`lishi tabiiy. Menga oila qurish taklifini bildirayotgan hamkasblarimiz ham bor... (kuladi).

— Ana zo`r shov-shuv! Qani-qani, shu joyidan bafurja gapirgin-chi.— Menga uylanish niyatini bildirgan uch aktyor hali ham bo`ydoq. Eng qizig`i, yoshi mendan ancha kichkina.
— O`zingdan kichik yigitlar aynan shu yil senga  sevgi izhor qilishiga nima sabab bo`ldi ekan?— 2012 yil men hurmat qiladigan insonlar Rayhon bilan Yigitalining turmush qurgani ularning bir qarorga kelishlariga yaxshigina turtki bo`lgan ko`rinadi. Ularning kimligini ayta olmayman.  — Sirli shahzodang kim ekan, a? Juda qiziqib ketyapman. Qani, bir bir bo`ydoqlarni eslab, sanab ko`ray-chi...
— (Shosha-pisha) Yo`q-yo`q, sanama! Ular haqida baribir gapirmayman, uyalaman...— “ElDiDo” guruhi yigitlaridan birortasi emasmi? Adashmasam, yakkaxonlarining biri aktyor...

Шарҳлар