16.08.2013 00:34
Xonanda Bunyod Saidov Turkmanistonda jarimaga tortildi
Turkmanistonning Toshhovuz viloyatidagi nikoh to`yiga taklif etilgan san`atkor qo`shni respublikaning migrasiya qonunchiligini buzganligi uchun jarimaga tortilgan.
12uz.com internet-nashrining xabar berishicha jarima miqdori 900 AQSh dollarini tashkil etadi.
Ma`lumotlarga ko`ra, Saidov marosimdan keyin to`y egasining xonadonida emas, balki Toshhovuzdagi "Orzu" mehmonxonasida yotib qolgan. Aynan mana shu uning jarimaga tortilishiga sabab bo`lgan.
"Million-million" nomli qo`shig`i bilan muxlislar orasida tanila boshlangan Bunyod Saidov yaqinda "Istiqlol" san`at saroyida konsert dasturini namoyish etgan edi.