my5
Sevimli

Rayhon o`z ma`muri bilan shartnomani bekor qildi

Shou-biznes 16.08.2013, 00:36
Rayhon o`z ma`muri bilan shartnomani bekor qildi
Bundan bir necha kun avval Yigitali Mamajonov hamda uning umr yo`ldoshi Rayhon Samarqand safaridan qaytishdi. Hozircha ular Samarqandga nima sababdan borishganini sir tutishayotgan bo`lsa-da, ularning ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan fotosuratlarini ko`rib, maroqli dam ham olishganini bilish mumkin. 
Shuningdek, xonanda bilan bog`liq yana bir yangilikdan xabar topdik. Ya`ni, Rayhon shou-biznesda Pet nomi bilan tanilgan ma`muri bilan hamkorlikni tugatibdi. Buning sababini bilish uchun xonanadaga qo`ng`iroq qildik.
Rayhon: — Bizning munosabatlarimiz buzilgani yo`q, avvalgidek do`stmiz. Uning shaxsiy yumushlari ko`payib ketgani sabab ishga kamroq vaqt ajrata boshladi. Shuning uchun, vaziyatni to`g`ri baholagan holda hamkorlikni to`xtatishga qaror qildik.
Endilikda ma`mur vazifasini san`at ahliga yaxshi tanish bo`lgan, Manzura, Munisa Rizaeva kabi xonandalar bilan hamkorlikda faoliyat ko`rsatgan Sherbek bajaradi.
Rayhonning ijodiy yangliklariga to`xtaladigan bo`lsak, u ayni kunlarda "Qaerdasan?" deb nomlangan sho`x taronani yozib tugatdi. 

Шарҳлар