Italiyaning “Yuventus” jamoasi “Barselona” hujumchisi Andre Gomeshni o`z safiga qo`shib olishni maqsad qilib qo`ydi, deb yozadi Sports.uz nashri.
“Yuventus” xabarlariga ixtisoslashgan JuveFC nashrining ma`lum qilishicha, portugaliyalik futbolchi “Yuventus”ning qiziqishlari doirasida bo`lib turibdi.
“Keksa sinora” Blez Matyuidi va Stiven N’zonzi bilan kelisha olmagach o`z e`tiborini kataloniyaliklar a`zosiga qaratdi. Ma`lumot o`rnida, o`tgan mavsumda Andre Gomesh Primerada 30 o`yinda ishtirok etib, 3 gol va 2 golli uzatmaga mualliflik qilgan.