O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichining so`nggi ikki o`yiniga tayyorgarlik ko`rish maqsadida 20 avgustdan Toshkentda o`quv-mashg`ulotlar yig`iniga kirishadi.
Yig`in doirasida milliy terma jamoa 25 avgust kuni poytaxtda Qirg`iziston termasiga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushadi. Bosh murabbiy Samvel Babayan mazkur o`yinga qaysi futbolchilarni taklif qilishi keyinroq ma`lum qilinadi.
Ma`lumot uchun, O`zbekiston terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi doirasida 31 avgust kuni Uxan shahrida Xitoy, 5 sentyabr kuni esa Toshkentda Janubiy Koreya bilan o`ynaydi.
Ayni paytda O`zbekiston 8 ta o`yindan keyin 12 ochko to`plab, to`g`ridan-to`g`ri qo`lga kiritilishi mumkin bo`lgan yagona yo`llanma uchun kurashda 2-o`rindagi Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.