AsosiySport

“ANDIJON” YaNGI FUTBOLChILARNI KENG OMMAGA TANIShTIRDI

'“ANDIJON” YaNGI FUTBOLChILARNI KENG OMMAGA TANIShTIRDI'ning rasmi

7 avgust, dushanba kuni “Andijon” jamoasi davralar oralig`ida o`z safiga qo`shib olgan yangi futbolchilarini keng ommaga tanishtirdi.

Usmon Toshev boshqaruvidagi “burgutlar” davralar oralig`ida 10 nafar yangi futbolchilar bilan shartnoma tuzdi. Bu yil o`z oldiga elitaga qaytishni asosiy maqsadlardan biri sifatida qo`ygan andijonliklar shunga monand oliy liga havosidan bahramand bo`lgan tajribali o`yinchilarni jamoaga taklif etdi. Bugun ular keng ommaga rasman “Andijon” a`zosi deya tanishtirib o`tildi.

Andijon shahridagi “Viloyat kasaba uyushmasi”ning majlislar zalida o`tgan tadbirga ommaviy axborot vositalaridan tashqari jamoaning bir qator ashaddiy ishqibozlari ham tashrif buyurdi.

Shuningdek tadbir davomida jamoa bosh murabbiyi Usmon Toshev ham fikrlarini bildirib o`tib, asosiy e`tiborni oliy ligaga chiqishga qaratilishini bildirdi. Bu yo`lda barcha bir bo`lib, jisplashishi muhimligini ham a`lohida ta`kidladi.

Muxlislar ham so`z olib ikkinchi davra oldidan jamoaga omad va zafarlar yor bo`lishini bildirib, o`zlarini qiziqtirgan ayrim savollar bilan murojaat qildi.

Tadbir so`nggida odatga ko`ra, yangi futbolchilarning qaysi raqamli libosda xarakat qilishi e`lon qilinib, estalik uchun sur`atga tushildi.

№. Ismi, familiyasi va raqami

1. Eldor Isaboev – 1

2. Akmal Ortiqov – 87

3. Akmal Xolmatov - 8

4. Sobir Hamidov – 11

5. Hamza Karimov – 14

6. Ravshan Aslanov – 15

7. Furqat Hasanboev - 23

8. Rafik Karimov - 24

9. Siroj Hamroev - 27

10. Firdavs Asadov – 77

Boshqa yangiliklar