my5
Sevimli

“PAXTAKOR” AVSTRALIYaLIK FUTBOLChI ROSTIN GRIFFITS BILAN ShARTNOMA IMZOLADI

Sport 10.08.2017, 12:34
Теглар: Futbol
“PAXTAKOR” AVSTRALIYaLIK FUTBOLChI ROSTIN GRIFFITS  BILAN ShARTNOMA IMZOLADI

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Angliyada tug`ilgan, Avstraliya fuqaroligini olgan futbolchi – Rostin Griffits bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda O`zPFL matbuot xizmati.

Futbolchining tanishtiruv marosimiga bag`ishlangan matbuot anjumani bugun, 10 avgust kuni “Paxtakor” stadionida bo`lib o`tdi. Unda klub bosh murabbiyi Shota Arveladze ham ishtirok etdi. Anjumandan keyin Rostin Griffits klub muxlislariga ham tanishtirildi.

“Paxtakor” osiyolik futbolchi limitini Rostin Griffits bilan to`ldirdi va biz bundan xursandmiz. Uning o`yinlarini kuzatdim va klubga chaqirishga qaror qildim. U tajribali futbolchi va klubga yordam berishiga umid qilamiz”, – dedi Shota Arveladze.

Avstraliyalik futbolchi qanday qilib “Paxtakor” a`zosiga aylangani va o`zbek futboli haqida so`zlab berdi.

“Paxtakor” bosh murabbiyi menga taklif bilan chiqdi va men uni qabul qildim. Jamoa o`z oldiga aniq maqsadlarni qo`ydi: Osiyo Chempionlar Ligasida g`alaba qozonish va O`zbekiston chempionatida yuqori natijalarga erishish. Aynan shu omillar meni o`ziga jalb qildi va men O`zbekistonga keldim. O`zbek futbolidan xabardorman, Xitoyda to`p surganimda o`zbekistonlik futbolchilarga qarshi o`ynaganman. Ular kuchli texnika va mahoratga ega”, – dedi Rostin Griffits.

ROSTIN GRIFFITS HAQIDA MA`LUMOT

Tug`ilgan sanasi: 10.03.1988 y

Tug`ilgan joyi: Stok-on-Trent, Angliya

Fuqaroligi: Avstraliya

Bo`yi: 187 sm

Ampluasi: Yarim himoyachi

Rostin Griffits futbolchilik faoliyati davomida “Blekbern Rovers” (Angliya, 2006–2009), “Gretna” (Shotlandiya, 2008), “Akkrington Stenli” (Angliya, 2008), “Adelaida Yunayted” (Avstraliya, 2009), “Nort Kvinslend Furi” (Avstraliya, 2009–2010), “Senrtral Kost Mariners” (Avstraliya, 2011–2012), “Guanchjou Fuli” (Xitoy, 2012–2014), “Pert Glori” (Avstraliya, 2014–2015 va 2016–2017) va “Roda” (Gollandiya, 2016–2017) klublarida to`p surgan.

Шарҳлар

“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
“PSJ” Mbapppe uchun qancha maosh berishi ochiqlandi

15.10.2021, 11:47

Fransiyaning “PSJ” klubi hujumchi Kilian Mbappe bilan yangi shartnoma imzolashdan umidvor.  AS xabar tarqatishicha, parijliklar Mbappega yiliga 50 million evro maosh berishga tayyor. O`z navbatida...
“Nyukasl” afsonasi tez orada klub tizimida ish boshlashi mumkin

13.10.2021, 19:09

“Nyukasl”ning sobiq hujumchisi Alan Shirer klubning xalqaro elchisi lavozimini egallashi kutilmoqda. Bu haqda taniqli insayder Nikola Skira ma`lumot berdi.  Saudiya Arabistoni investision jamg`armasi allaqachon 51...