Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) tashkilotga a`zo terma jamoalarning yangilangan reytingini e`lon qildi. Unga ko`ra, O`zbekiston milliy terma jamoasi 579 ochko bilan 64-pog`onaga joylashdi, deya xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.
Terma jamoa avvalgi ko`rsatkichga nisbatan 1 o`ringa ko`tarildi. Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK)ga a`zo mamlakatlar orasida O`zbekiston termasi hamon 6-o`rinni egallab turibdi. Eron terma jamoasi 893 ochko bilan Osiyoda peshqadamlik qilmoqda.
Yaponiya terma jamoasi (696) mintaqada ikkinchi o`ringa chiqib oldi. Kuchli uchlikka Avstraliya termasi (691) yakun yasadi. Quyida OFKga a`zo mamlakatlarning TOP-10 ligi bilan tanishish mumkin.
1 (24). Eron – 893 ochko;
2 (44).Yaponiya – 696 ochko;
3 (45). Avstraliya – 691 ochko;
4 (49). Janubiy Koreya – 674 ochko;
5 (59). Saudiya Arabistoni – 601 ochko;
6 (64). O`zbekiston – 579 ochko;
7 (74). BAA– 459 ochko.
8 (77). Xitoy – 447 ochko
9 (78). Qatar – 433 ochko;
10 (80). Suriya –423 ochko.
Braziliya terma jamoasi FIFA reytingida 1604 ochko bilan yana peshqadamga aylandi.Germaniya 1549 ochko bilan ikkinchi o`ringa joylashdi. Kuchli uchlikka Argentina termasi (1399) yakun yasab berdi.