AsosiyShou-biznes

​SAMANDAR HAMROQULOV RAFIQASINI QUVONChLI SANA BILAN MUBORAKBOD ETDI

'​SAMANDAR HAMROQULOV RAFIQASINI QUVONChLI SANA BILAN MUBORAKBOD ETDI'ning rasmi

Xonanda Samandar Hamroqulov bugun hayotidagi muhim sanani nishonlayotganini ma`lum qildi.

"Bugun to`yimizga 10 yil bo`ldi. Aynan bugun otajonim Rustam Hamroqulovning ham tug`ilgan kunlari edi. Dadamning ruhlari shod bo`lsin, Hoji onamning umrlari uzoq bo`lsin",—deb yozdi Samandar o`zining Instagram`dagi sahifasida.

Shuningdek, xonanda rafiqasini ham bugungi quvonchli sana bilan muborakbod etishni unutmadi.

"Baxtimizga ko`z tegmasin, hayotim!",—deya rafiqasi Dilnozani tabrikladi Samandar.

Ma`lumot uchun, Samandar Hamroqulov 2007 yilning 10 avgust sanasida Dilnozaxon bilan turmush qurgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar