my5
all

Yirik kompaniyalar “Google”ni sudga berdi

Hi-tech 12.11.2013, 12:17
2845
Yirik kompaniyalar “Google”ni sudga berdi
“Rockstar” konsorsiumiga kiruvchi “Microsoft”, “Apple”, “Ericsson”, “Sony” va “BlackBerry” kompaniyalari “LG”, “HTC”, “Huawei”, “Samsung”, “Asustek”, “ZTE” va “Pantech” kompaniyalarini patent huquqlarini buzganlikda ayblab, sudga berdi. Mazkur ish bilan hozir Texas Okrug sudi shug`ullanmoqda.
“Rockstar” konsorsiumi “Google” korporasiyasi paydo bo`lishidan oldinoq kontekstli reklama bo`yicha oltita patentni buzishga ulgurganini bildirdi. Oddiy til bilan aytganda, “Google” kompaniyasi foydalanuvchi qidiruv so`rovini kiritganidan keyin reklamani chiqarish imkonini beruvchi tizimdan foydalangan.
Bundan tashqari, “Rockstar” konsorsiumi “Android” operasion tizimida ishlovchi gadjetlarni ishlab chiqaradigan boshqa qator kompaniyalarni ham sudga berdi. Ular internet-protokol filtri, grafik interfeys uchun navigasiya vositasi, xabarlarning integrasiyalashgan markazi va boshqa funksiyalarga bo`lgan patent huquqlarini buzganlikda ayblanmoqda. 
Qayd etib o`tamiz, “Google” izlash tizimi yiliga kamida 50 milliard dollar pul ishlaydi. Mazkur korporasiya patent huquqlarini buzgan holda begonalarning yutuqlaridan foydalanayotganiga “Rockstar”ning ishonchi komil.

Шарҳлар