my5

Germaniyalik fuqaro terisining ostiga mini-kompyuter kiritdi

Hi-tech 12.11.2013, 12:18
3477
Germaniyalik fuqaro terisining ostiga mini-kompyuter kiritdi
Germaniyalik fuqaro Tim Kennon kiborglar davrini yaqinlashtirishga qaror qildi. Yigit o`zining qo`l terisi ostiga simsiz zaryadlana oladigan mini-kompyuterni kiritdi. Shundan so`ng Tim o`zini “bioxaker” deb atay boshladi. “Men o`zim haqimdagi biometrik ma`lumotlarni to`plamoqchiman”, - deydi Kennon.

Elektron qurilma Timning o`zi tomonidan yaratilgan bo`lib, "Circadia 1.0” deb nomlanadi. U “Android” operasion tizimida ishlaydi va o`z tashuvchisi haqidagi biometrik ma`lumotlarni, ya`ni tana harorati, puls, qon bosimi, toliqish darajasi va boshqalar haqidagi axborotni to`plashga qodir. Ma`lumotlar olinganidan keyin “Circadia 1.0” ularni stasionar kompyuterga uzatadi, u esa odamning umumiy holatini aniqlaydi.
Kennonning so`zlariga ko`ra, tez orada istalgan kishi “Circada 1.0”ni 500 dollar narxda sotib olishi mumkin bo`ladi.

Шарҳлар