my5

Smartfonlar bozorida yangi kompaniya paydo bo`ldi

Hi-tech 12.11.2013, 12:20
2431
Smartfonlar bozorida yangi kompaniya paydo bo`ldi
Smartfonlar bozoriga HTC kompaniyasining Britaniyadagi ofisi sobiq xodimlari tomonidan asos solingan “Kazam” kompaniyasi chiqdi. 


Yangi kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan dastlabki telefonlar “Thunder” va “Trooper” lineykalari doirasida sotiladi. Ularning birinchisidan “Thunder Q4.5” va “Thunder Q5.0” modellari o`rin oldi.
“Q5.0” modelining spesifikasiyalari noma`lum. Kichik model esa echimi 854x480 pikselli 4,5 dyuymli ekran, to`rt yadroli 1,3 GGs chastotali prosessor,  1 Gb operativ va 4 Gb qo`shimcha o`rnatilgan xotira, 8 megapikselli kamera va microSD formatidagi flesh-kart uchun slot bilan jihozlangan. 
“Trooper” smartfonlarining funksional xususiyatlari ro`yxatiga ikki yadroli va 1,2 GGs taktli chastotaga ega prosessor, 512 Mb OZU va 4 Gb qo`shimcha o`rnatilgan xotira kirdi.
“Kazam” telefonlarining barchasi "Android 4.2 Jelly Bean” operasion tizimida ishlaydi. Ular 3G, Wi-Fi va Bluetooth texnologiyalarini qo`llaydi hamda bir paytning o`zida ikkita SIM-karta bilan ishlash imkonini beradi. Ushbu qurilmalarning narxi va relizlarining muddati haqida hozircha ma`lumot yo`q.

Шарҳлар