Madridning “Real” klubi rasmiy sayti jamoa yangi rekord o`rnatganini e`lon qildi. Gap shundaki, “Real” “Facebook” ijtimoiy tarmog`ida – 100 mln, “Instagram”da – 50 mln, “Twitter”da esa – 25 mln obunachi yiqqan ilk sport brendi bo`ldi.
Umumiy hisobda “qirollik klubi”ni ijtimoiy tarmoqlarda 182 mln muxlis kuzatib boradi. Agarda, “Real” basketbol jamoasini ham qo`shib hisoblaganda, bu ko`rsatkich 200 mln taga teng bo`ladi.
Madrid jamoasi bu borada “Barselona”, NBA xamda “Manchester Yunayted”larni ortda qoldirdi. Bundan tashqari, “Real”ning ijtimoiy tarmoqlarda joylangan postlari muxlislar uchun “Barselona”nikiga nisbatan 50 % ga qiziqroq va ko`p muhokama etilishi ma`lum bo`ldi.