my5

“Samsung” o`raladigan smartfonlarni chiqarmoqchi

Hi-tech 12.11.2013, 12:20
2738
“Samsung” o`raladigan smartfonlarni chiqarmoqchi
Yaqin yillar ichida “Samsung Electronics” kompaniyasi egiladigan va o`raladigan mobil qurilmalarni chiqarishga umid qilmoqda. Kompaniya Koreyada o`tkazilayotgan “Samsung Analyst Day” tadbirida ana shu rejani taqdim etdi.

“Samsung Electronics” kompaniyasining bosh ijrochi direktori O–Xyun Kvonning so`zlariga ko`ra, 2014 yil oxirida yoki 2015 yil boshida kompaniya bukiladigan qurilmani ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o`tamiz, o`tgan oyda "Samsung” qayishqoq displeyli birinchi smartfonni taqdim etgandi. Qurilmaning o`zi qattiq korpusga ega bo`lib, u egilmaydi.

Шарҳлар