my5
Sevimli

JUNG VU YONG: JCh SARALAShIDAGI SO`NGGI O`YIN SAFARDA O`TIShI BIZGA QO`ShIMChA YuK BO`LADI

Sport 15.08.2017, 14:43
Теглар: Futbol
JUNG VU YONG: JCh SARALAShIDAGI SO`NGGI O`YIN SAFARDA O`TIShI BIZGA QO`ShIMChA YuK BO`LADI

Janubiy Koreya terma jamoasi hamda Xitoyning “Chongking Lifan” klubi yarim himoyachisi Jung Vu Yong JCh–2018 saralash bosqichidan o`rin olgan so`nggi ikki o`yin – Eron va O`zbekistonga qarshi bellashuvlar oldidan nimalar kutayotgani, jamoadagi o`rni va boshqalar haqida so`zlab berdi. OFK rasmiy sayti koreyalik futbolchining FIFA matbuot xizmatiga bergan suhbatini taqdim qildi.

“Dunyodagi barcha futbolchilar singari Jahon chempionatiga yo`llanma olishni eng asosiy vazifa deb bilamiz. Yoshlikdan Jahon chempionatiga chiqishni orzu qilamiz. Tez orada hammasi hal bo`ladi va biz yakunda afsuslanishni istamaymiz. Rossiyada bo`lib o`tadigan JCh–2018 turniriga yo`l olishimizga ishonamiz”, – dedi Jung Vu Yong.

27 yoshli futbolchi, shuningdek, Janubiy Koreya termasining JCh saralashidagi taqvimi noqulay ekanini aytdi. Koreyaliklar 31 avgust kuni o`z maydonida Eronni qabul qilsa, 5 sentyabr kuni Toshkentda O`zbekistonga qarshi maydonga tushadi.

“Rostini aytish kerak, taqvim biz uchun biroz noqulay. Saralash bosqichidagi so`nggi o`yin safarda (O`zbekistonga qarshi Toshkentda) o`tishi bizga qo`shimcha yuk bo`ladi. Janubiy Koreya termasida Osiyoning kuchli jamoalariga qarshi munosib kurasha olish qobiliyati bor. Raqib kim bo`lishidan qat`i nazar biz eng kuchli ekanimizga ishonamiz. O`zimizga bo`lgan ishonch yordamida barcha to`siqlardan o`ta olamiz”, – deb o`z fikrini davom ettirdi yarim himoyachi.

JCh–2018 saralashi davomida 7 o`yinda maydonga tushgan Jung Vu Yong terma jamoaga qanday kelib qolgani va undagi vazifalari haqida ma`lumot berdi.

“Milliy terma jamoaga Uli Shtilike davrida, J-ligada to`p surgan paytlarimda chaqirilganman. Menimcha jisnomiy holatim va pas berish qobiliyatim o`shanda Shtilikega ma`qul kelgan. Janubiy Koreya termasi safida to`p surayotanimdan baxtiyorman. Albatta, o`z ustimda ishlashda davom etishim kerak. Terma jamoadagi vazifam ko`p yugurib, himoya va hujumdagi sheriklarimga yordam berish. Milliy terma uchun har qanday pozisiyada o`ynashga tayyorman”, – dedi “Chongking Lifan” a`zosi Jung Vu Yong.

Eslatib o`tamiz, Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Shin Te Yong Eron va O`zbekistonga qarshi o`yinlar uchun 26 futbolchidan iborat tarkibni e`lon qilgandi.

Шарҳлар

“PSJ” Mbapppe uchun qancha maosh berishi ochiqlandi

15.10.2021, 11:47

Fransiyaning “PSJ” klubi hujumchi Kilian Mbappe bilan yangi shartnoma imzolashdan umidvor.  AS xabar tarqatishicha, parijliklar Mbappega yiliga 50 million evro maosh berishga tayyor. O`z navbatida...
“Nyukasl” afsonasi tez orada klub tizimida ish boshlashi mumkin

13.10.2021, 19:09

“Nyukasl”ning sobiq hujumchisi Alan Shirer klubning xalqaro elchisi lavozimini egallashi kutilmoqda. Bu haqda taniqli insayder Nikola Skira ma`lumot berdi.  Saudiya Arabistoni investision jamg`armasi allaqachon 51...
Futbol: O`zbeksiton milliy terma jamoasi Srechko Katanes boshchiligidagi ilk uchrashuvini Shvesiyaga qarshi o`tkazadigan bo`ldi

14.08.2021, 18:17

O`zbeksiton  milliy terma jamoasi Srechko Katanes boshchiligidagi ilk uchrashuvini Shvesiyaga qarshi o`tkazadigan bo`ldi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, OFK kalendariga muvofiq,...
Futbol bo`yicha Milliy terma jamoaga sloveniyalik mutaxassis bosh murabbiy bo`lishi mumkin

13.08.2021, 08:05

Sloveniyalik murabbiy Srechko Katanes O`zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy bo`ladi. Bu haqda O`FA xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, bir qancha xorijiy va mahalliy murabbiylar nomzodi sinchikovlik...