my5

Olimlar g`aroyib xay-tek-ob`ektni yaratdi (VIDEO)

Hi-tech 12.11.2013, 12:23
2566
Olimlar g`aroyib xay-tek-ob`ektni yaratdi (VIDEO)
Massachusets texnologiya institutining professori Xiroshi Ishii va uning talabalari g`aroyib yuqori texnologik stolni yaratdi. U real vaqt rejimida uzoqroqda turgan odam harakatlarining 3D-versiyasini aks ettiradi.

“inFORM” deb nomlanuvchi ushbu interfeys quyidagicha ishlaydi: sinovni o`tkazayotgan odam harakat datchiklariga ega kamera ustidan qo`llarini yoki biror bir ob`ektni o`tkazadi va bu ma`lumot stoldagi ko`p sonli ko`chma panellar orqali translyasiya qilinadi. Panellar shu erning o`zida “Kinect Microsoft” kamerasi tomonidan uchta o`lchamda o`qilgan ob`ektlar shaklini qabul qiladi, deb yozadi “The Daily Mail”.
Bevosita sensorli o`zaro ta`sirga ega ushbu yuqori texnologik “o`yinchoq” ixtirochilarning o`zlariga ham juda yoqyapti:




Biroq olimlar ushbu ixtiro jiddiyroq maqsadlarda qo`llanishiga umid qilmoqda. Xususan, keyinchalik stolning futuristik yuzasidan ob`ektlarni, masalan, shaharlarni masofadan turib modellashtirish uchun foydalanish mumkin. Shuningdek, mualliflar o`z shaklini o`zgartiradigan interfeyslar har qanday muhandislik ishlanmalari uchun ideal tadqiqot platformasi ekaniga ishonchi komil. 

Шарҳлар