my5

“Panasonic” ulkan, og`ir va qimmat planshetnikni ishlab chiqdi

Hi-tech 12.11.2013, 12:24
2623
“Panasonic” ulkan, og`ir va qimmat planshetnikni ishlab chiqdi
“Panasonic” kompaniyasi “Toughpad UT-MB5” deb nomlanuvchi ulkan 20 dyuymli planshetnik relizining sanasini e`lon qildi. Ushbu qurilma superaniqlikdagi 4K-ekraniga (3840x2560 nuqta) ega. Planshetnik 2014 yil yanvarida AQShda savdoga chiqariladi va narxi 5999 dollarni tashkil etadi, deb yozadi "Vesti.Xaytek".
Aytish joizki, “Toughpad” qurilmasi shu yil boshida, yanvar oyida bo`lib o`tgan  "CES 2013” ko`rgazmasida taqdim etilgandi.
Yaqinda “Panasonic” kompaniyasi qurilmaning Amerikada chiqariladigan versiyasi o`ta yuqori echimdagi suyuq kristalli ekran, 8 gigabaytli operativ xotira, sig`imi 256 GB bo`lgan SSD-to`plovchisi va frontal HD-kamera bilan jihozlanadi.
Qurilma “Intel Core i5” prosessorida va "Windows 8.1” operasion tizimi asosida ishlaydi. Planshetnikni videomontaj, qurilish, dizayn, fotosuratlar va medisina sohalarida qo`llash mumkin.
Qurilma avtonom rejimda bor-yo`g`i ikki soatga yaqin ishlashi mumkin. Buning ustiga uni portativ deb ham bo`lmaydi: og`irligi 2,5 kg ni tashkil etadi. Shu bois  kompaniya qurilmaga qo`shimcha ravishda keys hamda planshetni kompyuter-monoblokka aylantiradigan maxsus taglik sotib olishni taklif etadi. 

Шарҳлар