my5
Sevimli

XITOY TERMA JAMOASINING O`ZBEKISTON VA QATARGA QARShI TARKIBI E`LON QILINDI

Sport 20.08.2017, 10:05
Теглар: Futbol
XITOY TERMA JAMOASINING O`ZBEKISTON VA QATARGA QARShI TARKIBI E`LON QILINDI

Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchello Lippi JCh–2018 saralash bosqichidan o`rin olgan O`zbekiston va Qatarga qarshi 23 futbolchidan iborat tarkibni e`lon qildi.

Italiyalik mutaxassis bo`lajak o`yinlarga atigi bir legionerni taklif qildi. Eng ko`p futbolchi – 7 nafar o`yinchi “Guanchjou Evergrand” klubidan chaqirildi. Quyida tarkib bilan tanishish mumkin:

Darvozabonlar: Zeng Cheng (“Guanchjou Evergrand”), Vang Dalei (“Shandong Luneng”), Yan Junling (“Shanxay SIPG”);

Himoyachilar: Feng Syaoting (“Guanchjou Evergrand”), Jang Linpeng (“Guanchjou Evergrand”), Ren Xang (“Xebey”), Jiang Jipeng (“Guanchjou R&F”), Deng Xanven (“Beyjing Renxe”), Gao Juni (“Xebey”), Vang Shenchao (“Shanxay SIPG”), Li Lei (“Beyjing Goan”);

Yarim himoyachilar: Jeng Zi (“Guanchjou Evergrand”), Jao Syuri (“Tyanszin Syuanszyan”), Xao Junmin (“Shandon Luneng”), Yu Xanchao (“Guanchjou Evergrand”), Jang Size (“Beyjing Goan”), Vang Yongper (“Tyanszin Syuanszyan”), Yin Xongbo (“Xebey”), Xe Chao (“Chanchun Yatai”);

Hujumchilar: Gao Lin (“Guanchjou Evergrand”), Jang Yuning (“Verder”, Germaniya), Vu Lei (“Shanxay SIPG”), Siao Ji (“Guanchjou R&F”).

Avvalroq Janubiy Koreya terma jamoasi ustozi Shin Te Yong Eron va O`zbekistonga qarshi tarkibni e`lon qilgandi. Shuningdek, milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan ham bo`lajak o`yinlarga chaqirilgan futbolchilar ro`yxatini ma`lum qilgan edi.

Ma`lumot o`rnida, O`zbekiston milliy terma jamoasi 31 avgust kuni safarda Xitoyga qarshi bahs olib borsa, 5 sentyabr kuni Toshkentda Janubiy Koreya termasiga ro`baro keladi.

O`zbekiston terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi 8-turidan keyin 12 ochko to`plab, to`g`ridan-to`g`ri qo`lga kiritilishi mumkin bo`lgan yagona yo`llanma uchun kurashda 2-o`rindagi Janubiy Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.

Шарҳлар

“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
“PSJ” Mbapppe uchun qancha maosh berishi ochiqlandi

15.10.2021, 11:47

Fransiyaning “PSJ” klubi hujumchi Kilian Mbappe bilan yangi shartnoma imzolashdan umidvor.  AS xabar tarqatishicha, parijliklar Mbappega yiliga 50 million evro maosh berishga tayyor. O`z navbatida...
“Nyukasl” afsonasi tez orada klub tizimida ish boshlashi mumkin

13.10.2021, 19:09

“Nyukasl”ning sobiq hujumchisi Alan Shirer klubning xalqaro elchisi lavozimini egallashi kutilmoqda. Bu haqda taniqli insayder Nikola Skira ma`lumot berdi.  Saudiya Arabistoni investision jamg`armasi allaqachon 51...