my5

“Sony” bir kun ichida 1 mln.dan ortiq “PlayStation-4”ni sotdi

Hi-tech 20.11.2013, 18:09
2907
“Sony” bir kun ichida 1 mln.dan ortiq “PlayStation-4”ni sotdi
“Sony” kompaniyasi 2013 yil 15 noyabridan AQSh va Kanadada sotuvga chiqarilgan yangi “PlayStation 4” konsollaridan 1 million donasi dastlabki 24 soat ichida sotilgani haqida e`lon qildi. 


O`yin pristavkalari ishlab chiqaruvchilari uchun ushbu raqamlar ular tarixidagi rekord ko`rsatkich hisoblanadi.
"Biz iste`molchilarning g`oyat tezkor reaksiyasidan lol qoldik, - deydi "Sony Computer Entertainment” guruhining prezidenti va bosh direktori Endryu Xaus. – Sotuvlarning yuqori darajasi Shimoliy Amerikada saqlanib qolmoqda. 29 noyabr kuni Evropa va Lotin Amerikasida ham xuddi shunday muvaffaqiyatni kutyapmiz”.  
Shu o`rinda, Osiyo mamlakatlarining ko`pchiligida “PS4” shu yil noyabr-dekabr oylarida sotila boshlashini qayd etish joiz. Yaponiyada esa sotuvlar faqat 2014 yil fevralida boshlanadi.
“Sony” kompaniyasi joriy moliya yili oxirigacha jami 5 millionga yaqin o`yin konsollarini sotish niyatida. Kompaniya buxgalteriyasi bo`yicha moliya yili 2014 yil 31 martda yakunlanadi.
“IHS iSuppli” tahlil kompaniyasining prognozlariga ko`ra, "Sony” yaqin besh yil ichida 49 milliongacha o`yin konsollarini sotishi mumkin, "Microsoft” esa qariyb 38 million dona "Xbox One” konsolini sotishi kutilmoqda

Шарҳлар