my5
Sevimli

OFK BOSh KOTIBI RASMIY TAShRIF BILAN TOShKENTGA KELDI

Sport 21.08.2017, 19:09
Теглар: Futbol
OFK BOSh KOTIBI RASMIY TAShRIF BILAN TOShKENTGA KELDI

21 avgust kuni Osiyo Futbol Konfederasiyasi Bosh kotibi Dato Vindsor Jon va Osiyo Futbol Konfederasiyasining futbol uyushmalari bilan ishlash departamenti boshlig`i Ravi Kumar rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.

OFK delegasiyasining tashrifdan ko`zlangan asosiy maqsadi 12 sentyabr kuni Toshkentda bo`lib o`tadigan O`zbekiston Futbol Federasiyasining hisobot-saylov konferensiyasiga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishish bo`ldi.

Tashrif dasturiga muvofiq OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon O`zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Mirabror Usmonov bilan uchrashdi. O`zbekiston Futbol Federasiyasida bo`lib o`tgan uchrashuv chog`ida Mirabror Usmonov birinchi marta O`zbekistonga tashrif buyurayotgan OFK Bosh kotibiga mamlakatda sportni, shu jumladan, futbolni rivojlantirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan qisqacha axborot berdi. OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon O`zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng muhim federasiyalardan biri ekanligiga alohida urg`u berib, Osiyo bugungi O`zbekistonning xalqaro futbol maydonlardagi yutug`ini tan olayotganligini ta`kidladi. Tomonlar, shuningdek, O`FFning hisobot-saylov konferensiyasiga doir masalalalar yuzasidan o`zaro fikr va tajriba ham almashdi.

Mirabror Usmonov bilan uchrashuvdan keyin OFK delegasiyasi O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasiga tashrif buyurib, sportni yanada rivojlantirish bo`yicha qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Dato Vindsor Jon, shuningdek, Milliy Olimpiya Qo`mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining faoliyatini qisman kuzatish imkoniyatiga ega bo`ldi va markaz hududida bunyod etilayotgan murakkab jarrohlik amaliyotlari bajariladigan kardio-xirurgiya klinikasining qurilish ishlari bilan ham qiziqdi.

OFK delegasiyasi bugunning o`zida Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurib, o`zbek futboli tarixi muzeyini ko`zdan kechirdi. “Bunyodkor” bosh direktori Murod Aliev OFK bosh kotibiga “Bunyodkor” stadionining tarixi, qurilishi va bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib berdi. OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon “Bunyodkor” stadioni faxriy mehmonlari kitobida o`z dastxatini ham qoldirdi.

OFK delegasiyasi 22 avgust kuni Samarqandga tashrif buyuradi va shaharning diqqatga sazovor joylarida bo`lib, shu kunning o`zida Livanga xizmat safariga uchib ketadi.

Tashrif davomida OFK delegasiyasiga O`zbekiston Futbol Federasiyasi Birinchi vise-prezidenti va Bosh kotibi, Osiyo Futbol Konfederasiyasining ijroiya qo`mitasi a`zosi Sardor Rahmatullaev va O`zbekiston Futbol Federasiyasi vise-prezidenti Asqar Tolibjonov hamrohlik qiladi.

Шарҳлар

“PSJ” Mbapppe uchun qancha maosh berishi ochiqlandi

15.10.2021, 11:47

Fransiyaning “PSJ” klubi hujumchi Kilian Mbappe bilan yangi shartnoma imzolashdan umidvor.  AS xabar tarqatishicha, parijliklar Mbappega yiliga 50 million evro maosh berishga tayyor. O`z navbatida...
“Nyukasl” afsonasi tez orada klub tizimida ish boshlashi mumkin

13.10.2021, 19:09

“Nyukasl”ning sobiq hujumchisi Alan Shirer klubning xalqaro elchisi lavozimini egallashi kutilmoqda. Bu haqda taniqli insayder Nikola Skira ma`lumot berdi.  Saudiya Arabistoni investision jamg`armasi allaqachon 51...
Futbol: O`zbeksiton milliy terma jamoasi Srechko Katanes boshchiligidagi ilk uchrashuvini Shvesiyaga qarshi o`tkazadigan bo`ldi

14.08.2021, 18:17

O`zbeksiton  milliy terma jamoasi Srechko Katanes boshchiligidagi ilk uchrashuvini Shvesiyaga qarshi o`tkazadigan bo`ldi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, OFK kalendariga muvofiq,...
Futbol bo`yicha Milliy terma jamoaga sloveniyalik mutaxassis bosh murabbiy bo`lishi mumkin

13.08.2021, 08:05

Sloveniyalik murabbiy Srechko Katanes O`zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy bo`ladi. Bu haqda O`FA xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, bir qancha xorijiy va mahalliy murabbiylar nomzodi sinchikovlik...