my5

128 GB xotirali birinchi smartfon sotuvga chiqdi

Hi-tech 20.11.2013, 18:52
6175
128 GB xotirali birinchi smartfon sotuvga chiqdi
Xitoyda maksimal komplektasiyasi 128 gigabayt doimiy xotira o`rnatilishini ko`zda tutuvchi dunyodagi birinchi “Meizu MX3” smartfoni sotuvga chiqdi. Bundan oldin bozorda xotirasining maksimal hajmi 64 gigabayt bo`lgan modifikasiyalarni ko`rish mumkin edi.

Hozir xaridorlar “Meizu MX3” versiyasinigina xarid qilishlari mumkin, xolos. U “China Mobile” operatorining TD-SCDMA tarmog`ida ishlaydi. 3G-aloqani quvvatlovchi “global” versiya esa sotuvga sal keyinroq chiqariladi.

Mazkur apparat echimi 1800x1080 pikselli 5,1 dyuymli ekran bilan jihozlangan bo`lib, chastotasi 1,6 GGs bo`lgan sakkiz yadroli “Samsung Exynos 5” prosessori asosida ishlaydi (xuddi shunday prosessor Samsung Galaxy S4 smartfoniga o`rnatilgan). Smarfonning operativ xotirasi hajmi 2 gigabaytni, doimiy xotirasi esa 16 dan 128 gigabaytni tashkil etadi.

Qurilma narxiga to`xtaladigan bo`lsak, “Meizu MX3” smartfonining 128-gigabaytli versiyasi uchun xaridorlar qariyb 660 dollar to`lashi kerak bo`ladi. 

Шарҳлар