my5

“Google” $17 million jarima to`laydi

Hi-tech 20.11.2013, 19:08
2703
“Google” $17 million jarima to`laydi
“Google” kompaniyasi foydalanuvchilarning shaxsiy ma`lumotlaridan foydalangani uchun 17 million dollar jarima to`laydi. Ushbu pullar AQShning 37 ta shtati va Kolumbiya okrugi orasida taqsimlanadi.

"Biz bu borada kelishuvga erishganimizdan qoniqish hosil qildik. Hozir shaxsiy hayotni himoya qilish bo`yicha katta ish olib boryapmiz, shu bois kuzatuv dasturlarini yo`q qilish uchun barcha zarur choralarni qabul qildik”, - deydi “Google” kompaniyasining vakili.
"Foydalanuvchilar o`zlarini Internetda kuzatishayotganini bilishlari kerak. “Google” kompaniyasi millionlab foydalanuvchilarni kuzatayotgan paytda u nafaqat odamlarning shaxsiy hayot erkinligini buzgan, balki ularning ishonchini ham suiste`mol qilgan”, - deya qayd etadi Nyu-York shahrining bosh prokurori Erik Shneyderman.
Eslatib o`tamiz, korporasiya tomonidan kontekstli reklamani namoyish etish uchun mo`ljallangan maxsus dasturlarning foydalanishi ushbu mojaroga sababchi bo`lgan edi. Dasturlar “Apple” qurilmalariga o`rnatilgan “Safari” brauzeri bilan birgalikda ishlagan. 2011 va 2012 yillarda ular kompaniyaga foydalanuvchilarning qiziqishlarini kuzatib borish hamda ularga maxsus, manzilli reklamani namoyish etish imkonini bergan.

Шарҳлар