my5

Xalqaro kosmik stansiyagacha taksida etib olish mumkin bo`ladi

Hi-tech 21.11.2013, 14:18
2646
Xalqaro kosmik stansiyagacha taksida etib olish mumkin bo`ladi
AQShning NASA agentligi astronovtlarni Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS)  tijorat
asosida parvoz qiluvchi fazoviy taksi yaratishga arizalar qabul qilishi haqida e`lon qildi. 

Shu tariqa Agentlik ekipajlarni XKSga etkazish bo`yicha Rossiyaning monopoliyasiga chek qo`yishga umid qilmoqda. Qayd etib o`tamiz, 2011 yili shatllar parvozi dasturi juda qimmatga tushayotgani va ularning xavfsizligi borasida jiddiy savollar tug`ilayotgani sababli mazkur dastur yopilganidan keyin AQSh fazoga parvozlar bo`yicha o`z tizimisiz qolgandi. “Interfaks” agentligining qayd etishicha, yangi dastur NASAga ikkita muammoni ham hal etish, shuningdek, astronavtlarni AQSh hududidan fazoga uchirish imkonini qaytaradi.       

XKSga tijoratasosida amalga oshiriladigan birinchi parvoz 2017 yilda yuz berishi ko`zda tutilgan.

Shundan so`ng stansiyaga taxminan har yarim yilda to`rt kishidan iborat ekipajni jo`natish mumkin bo`ladi. Hozirning o`zidayoq “SpaceX” xususiy kompaniyasi XKSga bitta sinov parvozi va ikkita yuk reysini amalga oshirdi. “Orbital Sciences” kompaniyasi esa sentyabr oyida o`z kemasida sinov parvozini amalga oshirdi va hozir birinchi yuk reysiga tayyorgarlik ko`rayotgan bo`lib, u dekabr oyiga rejalashtirilgan. Shu o`rinda, “Falcon-9” raketasi va “Dragon” kemasi (“SpaceX” kompaniyasi), “Antares” raketasi va “Cygnus”kemasi (“Orbital Sciences” kompaniyasi) NASAning 800 million dollarga yaqin moliyaviy ko`magida yaratilganini qayd etish joiz. Kompaniyalar o`z start maydonlarini hamda er usti boshqarish stansiyalari va yordamchi xizmatlarini Florida va Virjiniyada tashkil etmoqda. 

Шарҳлар