my5
Sevimli

QIDIRUVDA BO`LGAN JINOYaTChI UShLANDI

Jinoyat 04.09.2017, 17:44
QIDIRUVDA BO`LGAN JINOYaTChI UShLANDI

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko`ra, qidiruvdagi jinoyatchi qo`lga olingan.

Xabarda aytilishicha, 2017 yilning 1 sentyabr kuni, Yashnobod tuman IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Toshkent shahar, Yunusobod tumanida joylashgan «Oloy» dehqon bozorining yonida O`zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan (qasddan badanga engil shikast etkazish) jinoyatini sodir etganligi uchun 2016 yil 29 dekabr kuni jinoyat ishalari bo`yicha Yashnobod tuman sudi tomonidan qidiruv e`lon qilingan Rustamxujaev Asad Okilovich ushlandi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Шарҳлар