my5
Sevimli

TOShKENT VILOYaTIDA ONA YaNGI TUG`ILGAN ChAQALOQNI KO`ChADA TAShLAB KETDI

Jinoyat 05.09.2017, 17:00
TOShKENT VILOYaTIDA ONA YaNGI TUG`ILGAN ChAQALOQNI KO`ChADA TAShLAB KETDI

Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida ona yangi tug`ilgan chaqalog`ini ko`chada qoldirib ketdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Erkak jinsiga mansub chaqaloq tumanning “Navoiy” mahallasi Ostona ko`chasida qoldirilgan sumka ichida topilgan.

Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida ushbu qilmishni sodir etgan 44 yoshli ayol kishining shaxsi aniqlangan.

Ma`lumotlarga ko`ra, mazkur tumanda yashovchi M.S. farzandini o`z uyida dunyoga keltirib, ikki kundan so`ng uni ko`chadagi yashash uylari yonida qoldirib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat qo`zg`atilgan, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Шарҳлар