my5
Sevimli

​IKKI INSONNI QASDDAN O`LDIRGAN QOTIL UMRBOD OZODLIKDAN MAHRUM QILINDI

Jinoyat 13.09.2017, 21:02
​IKKI INSONNI QASDDAN O`LDIRGAN QOTIL UMRBOD OZODLIKDAN MAHRUM QILINDI

Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyati sudi sudlov hay`ati tomonidan 1981 yilda tug`ilgan Mahkamov Shavkatjon Shukurjanovichga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ish hujjatlariga ko`ra, muqaddam uch marta sudlangan Sh.Maxkamov Yuqorichirchiq tumanida yashovchi N.Kimning uyida yollanma ishchi sifatida ishlab kelib, oldindan o`ylangan rejaga asosan joriy yilning 15 aprel kuni uy egasi va uning turmush o`rtog`i E.Kimlarga oshxona pichog`i bilan qurollangan holda hujum qilib, ularni o`ta shafqatsizlik bilan qasddan o`ldirgan.

Shundan so`ng, jabrlanuvchilarga tegishli bo`lgan jami 82 ming AQSh dollari va 7 mln. so`m miqdoridagi pub mablag`lari, shuningdek 18 mln. so`mlik turli buyumlar va Shevrolet Spark avtomashinasini qo`lga kiritib, voqea joyidan yashiringan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Sh.Maxkamov 17 aprel kuni qo`lga olinib, undan tegishli ashyoviy dalillar olingan.

Sud hukmiga asosan Sh.Maxkamov javobgarlikni og`irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o`ldirish, bosqinchilik, avtotransport vositasini olib qochish va boshqa o`ta og`ir jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Jabrlanuvchilar haqidagi ma`lumotlar o`zgartirilgan, har-qanday o`xshashliklar tasodifiy xarakterga ega.

Шарҳлар