Му5
13

"BALOYING QO`RSIN"

Mutolaa 14.09.2017, 22:45
2945
"BALOYING QO`RSIN"

— Dadasi, bugun ko`nglim g`ash edi, tilanchiga besh ming so`m sadaqa berdim.
— Shuncha pul ham berasanmi? Fahming bormi?

— Ha nima qilay, bechora “nogironman, qirqqa kirmay, etimman”, dedi Bir

oyog`i yo`q shekilli, ikkinchisini uzatib erda o`tiribdi. Rahmim keldi-da.
— Ha, rahming kelgan bo`lsa mayli. Lekin shu ishni avvalroq qilmabsan-da, xotin.
— Bir yaxshilik qilib, ko`nglim taskin topdi dadasi. Nega kayfiyatingiz yo`q?
— Qo`yaver! Baraka top, yaxshilik qilgan bo`lsang, lekin qani edi shu ishni avvalroq qilganing-da?!

— Mo``jizani qarang dadasi, sadaqa berayotganimda, orqamdan tezlikda

kelib qolgan motosiklga bazur chap berdim. “Sadaqa baloni qaytarar”, deb

bekorga aytmagan ekan-da, bir balo mendan nari bo`ldi. Yodimda qoldi,

sizga o`xshagan bir odam motosiklda anavi gadoyning uzatib turgan ikkinchi

oyog`ini bosib, qochib ketdi noinsof. Menga kelgan balo shunga urgani rost

bo`lsin, suf-suf-suf!
— He, baloni qaytargan amaling qursin! Chetroqda

tursang, bo`lmaydimi? Shu tilanchi motosiklni ko`rib, oyog`ini tortib

olardiku?! Besh ming sadaqangga besh yuz mingni qo`shib qo`y! O`sha men

noinsofni fotokameraga o`xshab tasvirlab bergan sen ekansan-da hali?!

Balogardon bilan yashayapsan, baloying qursin!

Abdulaziz RUSTAM o`g`li

Шарҳлар