my5
Sevimli

KELESDA 17 YoShLI ShAXS ​QOTILLIK SODIR ETDI

Jinoyat 18.09.2017, 21:27
Теглар: Jinoyat
KELESDA 17 YoShLI ShAXS ​QOTILLIK SODIR ETDI

Toshkent tumani Keles shahrida qasddan odam o`ldirish jinoyati sodir qilindi.

Xususan, 17 sentyabr kuni tungi vaqtda tumanda yashovchi Zeblin Andrey Sergeevich (1999 y.t.) tumandagi uylardan biriga deraza orqali kirib, pichoq bilan qurollangan holda mazkur uyda yashovchi uxlab yotgan fuqarolarga hujum qilgan.

Etkazilgan ko`plab jarohatlar natijasida 1988 y.t. ayol kishi halok bo`lgan. Uning turmush o`rtog`i (1987 y.t.) jinoyat vaqtida uyg`onib, tajovuzkorni to`xtatmoqchi bo`lgan, biroq u ham og`ir tan jarohatlari olgan (shifoxonaga joylashtirilgan).

Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida A.Zeblin ushlandi.

Hozirgi vaqtda jinoyatning sabablari aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasdddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Шарҳлар

Namanganda 9 yoshli qizaloq 20 yoshli haydovchi sabab halok bo`ldi

15.09.2020, 21:29

Namanganda 20 yoshli yigit o`zining nomida bo`lmagan avtomashinani boshqarib 9 yoshli bolani urib yubordi.Ma`lum bo`lishicha, 14 sentyabr kuni soat 10:30 larda, Kosonsoy-Namangan yo`lining 16 km.da...
Qayni o`z pochchasini o`ldirib kanalga oqizib yubordi

14.09.2020, 22:46

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Qizlartepa mahalla fuqarolar yig`ini hududidan oqib o`tuvchi kanaldan tan jarohatlari etkazilgan jasad topildi. Bu haqda IIB xabar bermoqda. Marhum Sharof Rashidov...
Pirotexnika vositalari bilan bog`liq 14 ta jinoyat ishi qo`zg`atildi

10.12.2019, 19:52

Bosh prokuratura huzuridagi  Departament organlari tomonidan joriy yilning o`tgan davrida pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo`natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek...
Mast fuqaro 79 yoshli qariyani urib, qo`lidagi uzugini olib qochdi (Video)

03.12.2019, 18:25

Afsuslar bo`lsinki, muqaddam sudlangan bo`lishiga qaramasdan ayrim talonchilikni kasb qilib olgan kimsalar o`rgangan nomaqbul qilmishidan o`zini to`xtata olmayapti. Bu ishda hatto 80 yoshli qariyalarga jabr...