my5
Sevimli

​SURXONDARYoDAGI MEHMONXONADA FOHIShAXONA FOSh ETILDI

Jinoyat 20.09.2017, 14:05
​SURXONDARYoDAGI MEHMONXONADA FOHIShAXONA FOSh ETILDI

Uzun tumanida ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida, shu tumanning “Bahoriston” mahallasida joylashgan “Temiryo`l” mehmonxonasi ko`zdan kechiriladi.

Mehmonxona qorovuli S.X. hamda Z.X.larga jinsiy aloqa qilishlari uchun mehmonxonadan sharoit yaratib berganligi va xizmat uchun 49000 so`m pul olganligi aniqlandi. Ashyoviy dalil sifatida pullar hujjatlashtirib olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Mehmonxona qorovuliga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Шарҳлар