my5
Sevimli

SOXTA 20 MING AQSh DOLLARINI OLIB O`TIShGA URINGAN AYoL FOSh QILINDI

Jinoyat 22.09.2017, 11:38
Теглар: Jinoyat, valyuta
SOXTA 20 MING AQSh DOLLARINI OLIB O`TIShGA URINGAN AYoL FOSh QILINDI

Valyutani tartibga solish to`g`risidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, aniqlash va ular chek qo`yish maqsadida respublikamiz bojxonachilari tomonidan doimiy chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Ushbu tadbirlar samarasi o`laroq, yaqinda “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan ko`p miqdordagi soxta valyutalarning olib o`tilishiga doir bojxona qoidabuzarligi fosh qilindi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Istanbuldan uchib kelgan fuqaro E.Abdulxaevaning yo`l sumkasi bojxonachilar tomonidan belgilangan tartibda ko`zdan kechirilganda, sumkadagi oyoq kiyimlari orasiga 20 ming AQSh dollari yashirib joylashtirilganligi aniqlandi.

Yo`lovchi bojxona dekrasiyasida va bojxona xodimlarining og`zaki so`rovi paytida ma`lum qilinmagan, bojxona nazoratidan yashirincha olib o`tishga urinilgan ushbu valyutalarni sinchiklab ko`zdan kechirish davomida bojxona xodimlarini shubhalantirgan yana bir jihat fosh bo`ldi.

Gap shunda-ki, bir qarashda haqiqiydek tuyulsa-da, ushbu kupyuralarning barchasi qalbaki bo`lib chiqdi. Buni qalbaki kupyuralarni aniqlashga ixtisoslashgan valyuta detektori ham tasdiqladi.

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazining xulosasiga ko`ra, ushbu kupyuralarda to`rsimon strukturalar va himoya lentalari mavjud emas, pullar maxsus korxonalarda tayyorlanmagan, aksincha oddiy elektrofotografik va yassi bosma usulda chop etilgan ekan. Shuningdek, kupyuralardagi ranglar bir-biridan yaqqol farq qiladi.

Surishtiruvlar davomida E.Abdulxaeva ushbu pullarni Istanbuldagi notanish shaxslarning iltimosiga binoan olib kelayotganligini ta`kidladi. Uning bu ishonuvchanligi endi unga qimmatga tushadi. Zero, amaldagi tartiblarni bilmaslik kishini javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Hozirda mazkur holat yuzasida ushbu shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3 qismi “a” bandiga muvofiq jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Ushbu moddaga binoan qalbaki chet el valyutasini juda ko`p miqdorda o`tkazish o`n yildan o`n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 240-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasini kesib o`tayotganda naqd milliy va naqd chet el valyutasining olib o`tilishi ustidan nazorat bevosita bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Шарҳлар

Markaziy bank ichki valyuta bozoridagi holat bo`yicha axborot berdi

10.10.2020, 22:16

Markaziy bank axborot xizmati joriy yilning 9 oyidagi ichki valyuta bozoridagi holat va 2020 yil yakuniga qadar kutilayotgan tendensiyalar yuzasidan quyidagilarni ma`lum qildi.So`nggi ikki oy...
Namanganda 9 yoshli qizaloq 20 yoshli haydovchi sabab halok bo`ldi

15.09.2020, 21:29

Namanganda 20 yoshli yigit o`zining nomida bo`lmagan avtomashinani boshqarib 9 yoshli bolani urib yubordi.Ma`lum bo`lishicha, 14 sentyabr kuni soat 10:30 larda, Kosonsoy-Namangan yo`lining 16 km.da...
Qayni o`z pochchasini o`ldirib kanalga oqizib yubordi

14.09.2020, 22:46

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Qizlartepa mahalla fuqarolar yig`ini hududidan oqib o`tuvchi kanaldan tan jarohatlari etkazilgan jasad topildi. Bu haqda IIB xabar bermoqda. Marhum Sharof Rashidov...
Pirotexnika vositalari bilan bog`liq 14 ta jinoyat ishi qo`zg`atildi

10.12.2019, 19:52

Bosh prokuratura huzuridagi  Departament organlari tomonidan joriy yilning o`tgan davrida pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo`natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek...