my5
Sevimli

Eronda yana bir AES energobloki barpo etiladi

Dunyo 02.12.2013, 16:17
Eronda yana bir AES energobloki barpo etiladi
Eron Busher viloyatidagi AESning yana bir energoblokini qurish niyatida.

Bu haqda mamlakatprezidenti Hasan Ruhoniy ma`lum qiladi. “Yaqin yillarda Eron atom elektr stansiyalari yordamida ko`proq elektr energiyasini ishlab chiqara boshlaydi. Bunga Busherdagi AESning ikkinchi blokini qurish orqali erishiladi”, - deya qayd etadi u. 

Eron atom energiyasi tashkilotining rahbari Ali Akbat Salohiy bu masalada Rossiyaning yordamiga umid qilmoqda. Eron kelasi yilning o`zidayoq Rossiya ko`magida yangi AES qurilishini rejalashtirgan, chunki 2020 yilga kelib mamlakatga qariyb 20 ming MVt elektr energiyasi zarur bo`ladi. Eron o`zining elektr energiyasi bo`yicha quvvatini oshirsa, Fors ko`rfazidagi ehtiyojmand mamlakatlarga energiyani eksport qilishi mumkin, deya xabar beradi “ITAR-TASS”.

Shu yil sentyabr oyida Rossiya Eronga “Busher” AESining birinchi blokini topshirgan edi. Bu haqdagi bayonnoma Eronda imzolandi. 

Шарҳлар